O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.11.2013

ONLAYN PLASTIK KARTOCHKANING AFZALLIKLARI HAMDA QULAYLIKLARIDAN AHOLI MAMNUN

Ammo ba’zi hollarda muammolarga ham duch kelinmoqda

Bugungi kundalik hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Yangi texnologiyalar odamlar manfaatiga xizmat qilmoqda. Boshqacha aytganda, mushkulini oson qilib, vaqtini tejamoqda.

Ana shunday yutuqlardan biri — bu naqd pulsiz, yani plastik kartochka orqali savdo-sotiqni amalga oshirishdir. Chunki buning joriy etilishi istemolchiga birqancha qulayliklar yaratadi. Xarid uchun savdo shoxobchasi, «Minimarket» yoki Supermarketlarga cho‘ntagimizni qappaytirib, bir dasta pul emas, balki plastik kartochka olib bormoqdamiz. Uning ichida qancha mablag borligini ozimizdan boshqa hech kim bilmaydi. Plastik kartochkaning foydali tomoni faqat shundan iborat emas. Plastik kartochka orqali hisob-kitob qilish savdo xodimlari mablagni noqonuniy tarzda, yani bankdan tashqari aylantirishiga ham yol qoymaydi.

Keyingi paytlarda tobora ommalashib borayotgan onlayn plastik kartochkasi esa yanada keng qulayliklarga ega. Undan hatto, mobil telefon orqali qancha mablag borligini bilish, uni boshqarish va sarflash ham mumkin ekan. Buni mutaxassislar quyidagicha izohlashdi:

Onlayn plastik kartochkangizni olib tegishli bankka borasiz. Kartani bankomatga joylab, asosiy menyudan SMS xabarnoma xizmatiga kirasiz. Bu xizmatni yoqishni tasdiqlaganingizdan song, qaysi telefon raqamiga biriktirish lozimligini korsatish kerak. Telefon raqamini kodi bilan toliq, yani (+99890) va asosiy yana 7 ta raqamni kiritish talab etiladi. Shundan song telefonga SMS tarzida onlayn tolovlarni amalga oshirish uchun maxsus kod keladi. U quyidagicha boladi: *880*0*karta raqami (onlayn plastik kartochkangizning 16 raqami)*kartochkaning amal qilish muddati (masalan 0917) # chaqiruv tugmasi. Ushbu kodni terganingizdan keyin telefoningizga sorovnomangiz qabul qilingani, xizmat faollashtirilgani haqida yana xabar keladi. Undan foydalanish uchun *880# raqamini terib, shaxsiy tanituvchi raqam hamda kod qoyish soraladi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, unga kamida besh xonali raqamdan iborat son tanlash talab etiladi. Maxsus kod terilgach, u yana bir marta qayta kiritiladi. Shu tariqa siz *880# chaqiruv tugmasini bosib xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bu bor-yogi besh daqiqa vaqtni oladi.

Mazkur xizmatning toliq nomi click.uz. U kecha-yu kunduz, yani 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi. Ushbu xizmat orqali siz plastik kartochkangizdan shaxsiy va boshqa telefon raqamlari hisobini toldirishingiz hamda internet provayder, veb-saytlar, kabel-televidenie hamda kommunal tolovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, plastik kartadagi qolgan summani bilish uchun terminalga borishning hojati yoq. Chunki, telefon yordamida korish mumkin.

Mana shunday qulayliklarga ega bolgan onlayn plastik kartochkasi orqali istemolchilar savdo shoxobchalari, Minimarket va Supermarketlarda muammolarga duch kelayotgani togrisida tahririyatimizga murojaatlar bolmoqda. Aksariyat hollarda terminal ishlamayotgani bahona qilinayotgani aytilmoqda. Shunday holatlar yuzaga kelganida qaysi masul idoraga tezkorlik bilan xabar qilish mumkinligi soralmoqda.

Bu masalaga izoh berishni sorab, tahririyatimiz Davlat soliq qomitasiga murojaat qildi.

Respublika Davlat soliq qomitasi raisi orinbosari Odilxon Rustamov bergan malumotga kora, soliq xizmati organlari tomonidan savdo va pullik xizmat korsatish shoxobchalarida hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, hisob-kitob terminallarini ornatishdan bosh tortish, plastik kartochkalar orqali tolovlarni amalga oshirish paytida tovarlar narxini suniy ravishda oshirish holatlarining oldini olish hamda plastik kartochkalar orqali tolovlarni qabul qilmaslik holatlari boyicha muayyan ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tadbirkorlik subektlari tomonidan hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi zarurligi, qonunbuzarliklarga yol qoyilgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari korilishi togrisida yozma eslatmalar tarqatildi, ommaviy axborot vositalarida koplab chiqishlar qilindi. Shuningdek, joriy yilda soliq organlariga kelib tushgan malumotlar asosida otkazilgan tekshirishlarning 2660 dan ortigida savdo va pullik xizmatlar korsatish shoxobchalarida hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlari aniqlangan. Ushbu tekshiruvlar natijalari boyicha 2000 nafardan ortiq javobgar shaxsga nisbatan mamuriy jarimalar va 1700 dan ortiq tadbirkorlik subektlariga nisbatan 4 milliard somdan ortiq moliyaviy jarimalar qollanilgan.

Yana shuni alohida takidlab otish lozimki, savdo va pullik xizmatlar korsatish shoxobchalari tomonidan onlayn plastik kartochkalaridan xarid va xizmatlar uchun tolovlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar boyicha istemolchilar Davlat soliq qomitasining Ishonch telefonlariga, yani (8371-244-98-98) raqamiga murojaat etishlari yoki yozma ravishda shikoyat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, viloyatlardagi boshqarmalarda hamda tumanlardagi soliq inspeksiyalarida ham Ishonch telefonlari mavjud.

Demak, onlayn plastik kartochka orqali hisob-kitob qilishda muammoga duch kelsangiz, darhol Soliq idoralarining Ishonch telefonlariga qongiroq qilishingiz mumkin.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: