O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.11.2013

BYUDJET MABLAGLARI QATIY NAZORAT OSTIDA

Byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy izchil rivojlantirishni ta’minlashga xizmat qiladigan muhim omillardandir.

Byudjet tashkilotlarining byudjet intizomiga rioya etishi ustidan nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan. Mazkur tuzilmalar ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida har yili tasdiqlanadigan hamkorlikdagi ishlar rejasi asosida byudjet intizomini tekshirishga doir tadbirlar otkazadi.

Hisob palatasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 2013 yilning toqqiz oyida respublika hamda mahalliy byudjetlardan mablag bilan taminlanadigan bir yuz yetmishdan ortiq obektni birgalikda rejali tekshiruvdan otkazdi.

On tortta olimpiya zaxiralari kollejida otkazilgan tekshiruvlar natijasida xarid qilinadigan istemol tovarlari narxi oshirib korsatilgani, ish haqi asossiz tolangani va boshqa moliyaviy huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini berish boyicha belgilangan normalarga rioya etmaslik oqibatida oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun 238,3 million som, Urganch olimpiya zaxiralari kollejida esa 129,8 million som ortiqcha sarflanishiga yol qoyilgan.

On tortta olimpiya zaxiralari kollejida otkazilgan jami tekshiruvlar boyicha davlat byudjetiga 2,2 milliard som zarar yetkazilgani aniqlandi va bugungi kunda yetkazilgan zarar toliq hajmda undirildi.

Namangan va Surxondaryo viloyatlari mahalliy byudjeti ijrosi boyicha otkazilgan nazorat-tahlil ishlari natijalariga kora, qiymati 0,9 milliard somlik soliq va boshqa majburiy tolovlar qoshimcha hisoblangan.

Bundan tashqari, ushbu viloyatlarda amalga oshirilgan nazorat-tahlil ishlari natijasida ijtimoiy obektlar qurishda 514,0 million som, infratuzilma obektlarini barpo etishda 669,0 million som va qurilishda 3,3 milliard som noqonuniy ozlashtirilgan holatlar aniqlandi.

Masalan, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida «Maxsus qurilish tamin butlash» masuliyati cheklangan jamiyati pudrat tashkiloti tomonidan 360 oquvchiga moljallangan va 150 orinli yotoqxonaga ega xizmat sohasi kasb-hunar kollejini qurishda ishlar hajmi 67,7 million somga oshirib korsatilgan. Shu bilan birga, Janubgazmaxsusmontaj unitar korxonasi pudrat tashkiloti Namangan viloyati Kosonsoy tumanida Obod suv chiqarish inshootini qurishda qurilish materiallari narxi, mexanizmlar va quruvchilarning bir soatlik ish qiymati oshirib korsatilgani sababli 244,4 million som ortiqcha olingan. Namangan viloyati Pop, Chust va Chortoq tumanlarining qishloq joylarida uy-joy qurishda ishlar hajmi 155,6 million somga va sifatsiz bajarilgan ishlar hajmi 14,6 million somga oshirib yozilgani aniqlandi.

Oquv muassasalarini malakali kadrlar bilan taminlash masalasi organilganda esa 227 nafar oqituvchi soxta diplom asosida ishlayotgani, 117 nafar oqituvchi oz ixtisosligi boyicha oqitmayotgani aniq boldi.

Namangan viloyatining Pop va Kosonsoy tumanlaridagi talim muassasalarida soxta diplom asosida ishlayotgan 105 nafar oqituvchiga 963,1 million som, Surxondaryo viloyatida 25 nafar oqituvchiga 300,7 million som ish haqi tolangan. Tomdi tumanidagi 21-maktab-internatda soxta diplom asosida ishlagan boshlangich sinf oqituvchisi T.Yelmurotovaga keyingi ikki yil davomida 13,0 million som, rus tili oqituvchisi L.Bozorovaga 12,1 million som tolangan.

Qishloq va suv xojaligi vazirligi tizimini tekshirish davomida qurilish ishlari hajmi, shuningdek, materiallar va ishlatilgan elektr energiyasi narxi oshirib korsatilgani malum boldi.

Misol uchun, Fargona shahridagi Margilonsoy kanalini rekonstruksiya qilish obektida bir kvadrat metr metall tosiq narxi 28,4 ming somga asossiz ravishda oshirib korsatilgani oqibatida obektning boshlangich qiymati 527,5 million somga kopaygan. Toshkent shahridagi Anhor kanalini rekonstruksiya qilishda narxlar oshirilishi natijasida Parkensuvqurilish ochiq aksiyadorlik jamiyati pudrat tashkiloti tomonidan 77,2 million som ortiqcha olingan.

Bugungi kunda qonunbuzarlardan 1,8 milliard somdan ortiq mablag undirildi.

Byudjet mablaglaridan noqonuniy foydalanish va ularni ozlashtirish bilan bogliq aniqlangan barcha holatlar boyicha tekshiruv materiallari qonunchilikka muvofiq chora korish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Byudjetdan mablag bilan taminlanadigan korxona, tashkilot va idoralar rahbarlari hamda moliya xodimlari byudjet mablaglaridan notogri va maqsadsiz foydalanilgan har bir holat uchun qonunga muvofiq javob berishga togri kelishini esdan chiqarmasligi darkor.

Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: