O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.11.2013

IJTIMOIY SOHA OBEKTLARI

kuz-qish mavsumiga tayyor...mi?

Prezidentimizning 2013 yil 5 iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘grisida»gi qarori ijrosi yuzasidan poytaxtimiz Toshkentda qanday ishlar olib borilmoqda?

Shahar hokimligidan olingan malumotlarga kora, tegishli tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytda qozonxonalar, issiqlik trassalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tamirlash, zarur yoqilgi zaxirasini yaratish, elektr hamda gaz taminoti qurilmalarini tekshirish ishlari nihoyasiga yetkazilgan.

Mavsumga tayyorgarlik asosida 12 ta maktab hamda 21 ta maktabgacha talim muassasasini kapital tamirlash, 7 ta maktabni rekonstruksiya qilish, 276 ta maktab, 418 ta maktabgacha talim muassasasi, 22 ta Mehribonlik uyi va maktab-internatlarni joriy tamirlash ishlari nihoyasiga yetkazilgan. Ushbu muassasalardagi 819 ta issiqlik boginlari profilaktik tamirlandi. Shuningdek, 27,7 ming kvadrat metr tom qismlari tamirdan chiqarildi. Shu bilan birga 18 ming kvadrat metr oynalar qoyilib, 34 ta muassasada elektr tarmoqlari joriy tamirdan chiqarildi. 34 ta muassasadagi issiqlik qozonxonalari mavsumga tayyor holatga keltirildi.

Sogliqni saqlash tizimi boyicha esa 3 ta muassasa kapital va 8 tasi joriy tamirlandi. Ushbu muassasalardagi 242 ta issiqlik boginlari profilaktik tamirlandi. 2 ta issiqlik qozonxonasi joriy hamda 5,5 ming kvadrat metr tomlar tamirlandi. Shu bilan birga 2 ta sogliqni saqlash muassasasida isitish tizimi yaxshilandi, ushbu obektlar hududidagi 320 metr tashqi issiqlik tarmoqlari izolyatsiyasi tiklandi.

Orta maxsus kasb-hunar talimi muassasalarining 16 tasi kapital, 6 tasida isitish tizimi, 7 tasida santexnika, 17 tasida ichimlik suvi va 8 tasida issiqlik suv tarmoqlari joriy tamirlandi. 276 ta muassasadagi issiqlik boginlari profilaktik korikdan otkazildi. 5,1 ming kvadrat metr tomlar tamirlanib, 1,4 ming kvadrat metr oyna ornatildi.

Kop qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning yashash sharoitlari kop jihatdan qishning sovuq kunlariga nechogli puxta tayyorgarlik korilishiga bogliq. Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi boshqaruvi raisi Alisher Nabiev bu haqda quyidagilarni gapirib berdi:

— Bugun poytaxtimizning 11 ta tumanida jami 9155 ta kop qavatli uy bolib, ularga 2327 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va 206 ta Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat korsatib kelmoqda. Joriy yilda kop qavatli uylarda yuzaga kelishi mumkin bolgan avariya holatlarini tezkor bartaraf qilish, uy-joylardan foydalanish xizmatlari sifatini yaxshilash, shirkatlarning shartnoma asosida tamirlash xizmatlarini oz vaqtida korsatish maqsadida barcha tumanlarda namunaviy Avariya-dispetcherlik xizmati shaklidagi xizmatlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi qoshida 3 ta ixtisoslashtirilgan Boshqaruv servis kompaniyalari tuzilib, ular uchun Sergeli tumanida ishlab chiqarish bazasi va 3 ta Damas avtomashinasi ajratilgan.

Mavsumga tayyorgarlik doirasida kop qavatli uylarning 9804 ta issiqlik tizimlari profilaktik tamirdan chiqarildi. Kop qavatli uylarning 1 million 302 ming kvadrat metr tom qismi joriy va mukammal tamirdan chiqarildi. Bundan tashqari, 450 ta kop qavatli uylarning yertola qismlarida muhandislik tarmoqlari mukammal tamirlandi.

Alisher Nabievning aytishicha, bu yilgi qishga tayyorgarlik rejasi otgan yildagi kamchilik va muammolardan kelib chiqib tuzilgan.

Uy-joy, kommunal sohadagi muammolarni organish, ularga yechim topish masalasi OzXDP dasturiy maqsadlarda ham alohida belgilangan. Shu bois Toshkent shahar kengashidagi partiya tashkilotlari, xalq deputatlari shahar Kengashidagi deputatlik guruhi aynan shu boyicha qator masalalarni shahar Kengashi sessiyalariga olib chiqayotir. Shuningdek, partiya Jamoatchilik qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati kommunal sohaga togri keladi.

Partiya tashkilotlari va deputatlik guruhi tomonidan uy-joy-kommunal sohada uchrayotgan ayrim muammolarni tegishli tashkilotlar hamkorligida bartaraf etishga harakat qilinyapti. Xususan, otgan yil davomida Jamoatchilik qabulxonalariga 462 ta murojaat tushgan bolsa, shundan 63 tasi aynan kommunal sohaga tegishli masalalar bolgan. Ularning aksariyati deputatlar vakolati doirasida hamda tegishli idoralar hamkorligida ijobiy hal etilgan. Joriy yilning otgan 10 oyi davomida kommunal soha boyicha fuqarolardan 50 ga yaqin murojaat tushgan. Demak, otgan yilga nisbatan bu yil kommunal sohaga tegishli murojaatlar kamaygan.

Mahallamiz hududida 10 ta kop qavatli uy mavjud bolib, 1970 nafar aholi istiqomat qiladi, deydi Chilonzor tuman, Beshyogoch mahallasi faoli, OzXDP azosi Viloyat Xudoyberdieva. Ayni paytgacha mahallamizdagi barcha kop qavatli uylarning issiq suv va sovuq suv tarmoqlari profilaktik korikdan otkazildi. Otgan yilgi qish mavsumida biroz tamirtalab bolgan 3 ta kop qavatli uyning tomi toliq tamirdan chiqarildi.

Otgan yilgi qish mavsumida yogingarchiliklar kop boldimi, uyimiz tepasidan biroz chakki otgandi, deydi Olmazor tuman Sebzor dahasi 16-uy, 43-xonadonda istiqomat qiluvchi Surayyo Alimardonova. Kop qavatli uyning 4-qavatida yashaymiz, uyning tomi tamirlanmasa, birinchi bolib biz aziyat chekamiz. Yaqinda uy toliq tamirdan chiqarildi. Issiq va sovuq suv, issiqlik tarmoqlari ham korikdan otkazildi.

Yuqoridagi malumotlardan korinib turibdiki, poytaxtimiz aholisi ayozli kunlarni tashvishsiz otkazishi taminlanadi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: