O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
15.12.2011

Vatan barchamiz uchun Muqaddasdir

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar milliy armiyamiz saflarini professional, puxta tayyorlangan kadrlar bilan to‘ldirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va el-yurtga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir.

Harbiy-akademik litseylar bu borada muhim o‘rin tutadi. Mazkur bilim dargohlarida ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini yanada oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 fevralda qabul qilingan «Harbiy-akademik litseylar faoliyatini yanada takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, o‘qitish tizimi amaldagi davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi, zamonaviy talablarga mos, samarali o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma yaratildi. Har bir litseyda ta’lim yo‘nalishiga qarab o‘quvchilarni tanlov asosida qabul qilish tartibi joriy etildi.

— 2007 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent harbiy-telekommunikatsiya akademik litseyiga bu yili 150 nafar o‘quvchi qabul qilindi, — deydi mazkur litsey direktorining o‘rinbosari O‘rinboy Boboyorov. — Hozirgi kunda litseyimizda 448 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘quvchilarga chuqur, professional ta’lim berish bilan birga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bizning bosh vazifamizdir.

Litseyda ta’lim-tarbiya ishlari ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda, harbiy sohalar hamda oliy harbiy-ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishga yo‘naltirilgan o‘quv rejalari va dasturlar asosida tashkil qilingan.

O‘quvchilarga 30 nafardan ortiq tajribali ustozlar, qariyb 20 nafarga yaqin ofitser va serjantlar ixtisosga oid va umumta’lim fanlaridan saboq beradi, ularni mustaqillik, demokratiya g‘oyalari va xalqimizning ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalaydi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda faol ijtimoiy-fuqarolik pozitsiyasiga oid ko‘nikmalarni kamol toptirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida bu yerda 20 ta to‘garak tashkil qilingan bo‘lib, ularning 14 tasi o‘qitiladigan fanlarni to‘ldirishga xizmat qiladi, 6 tasi esa sport seksiyalaridir.

Litseyda 12 mingdan ortiq nomdagi kitob fondiga ega axborot-resurs markazi, turli jihozlar bilan ta’minlangan kompyuter kabineti o‘quvchilar ixtiyorida. Bu yoshlar uchun ma’naviy olamini boyitish va yangi axborot texnologiyalari bilan tanishish imkonini beradi.

— Mana shunday ta’lim dargohida saboq olayotganimdan mamnunman, — deydi 2-kurs o‘quvchisi Botir Tohirov. — Men xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda ishtirok etaman, sport bilan shug‘ullanaman. Kelajakda tanlagan yo‘nalishim bo‘yicha o‘qishni davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilmoqchiman.

Litsey o‘quvchilari milliy armiyamiz yubileyiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular turli tanlovlarda qatnashmoqda, madaniy dasturlar tayyorlab, o‘zlarining ijodiy faolligini namoyon etmoqda. Masalan, «Vatan himoyasi — muqaddas burch» mavzuidagi eng yaxshi devoriy gazeta tanlovi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda 201-guruh o‘quvchilari g‘olib chiqdi. «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzuidagi insholar tanlovida o‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatini namoyish etdi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari ishtirokida o‘tgan tadbir ham qiziqarli bo‘ldi. Litseyda Qurolli Kuchlarimizning 20 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha madaniy dasturlar, musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari tayyorlanmoqda.

R. BONDARChUK,

O‘zA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: