O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
10.10.2013

EFIRDAGI ...SOVCHILIK

Mustaqillik yillarida OAVning xususiy tarmog‘i keng rivojlandi. Aholida axborot manbasini tanlash, solishtirish imkoniyati kengaydi. Ayniqsa, nodavlat va xususiy telekanallar tez rivojlanmoqda. Ularda yaxshi, qiziqarli korsatuvlar oz emas. Lekin...

Xorazmda «S-Ikbol» xususiy televideniesi ancha yillardan buyon voha ahliga xizmat korsatib kelmoqda. Ushbu kanalda kuniga besh-on daqiqa mahalliy doiradagi axborotlar, turli mavzulardagi korsatuvlar efirga uzatiladi. Aksar vaqt esa ekran qoshiqchilardan boshamaydi. Ammo hozir gap bu haqda emas (bu borada kop yozildi...), balki xalqimiz didiga yot, milliy qadriyatlarimizga zid bolgan e’lonlar togrisida mulohaza yuritmoqchimiz.

Efirda bir qoshiqchining klipi ketmoqda. Ekran tagida esa SMSlar orqali kelayotgan elonlarning keti uzilmaydi. Iqbol, omad! Xivalik gozal qizlar bilan tanishaman..., 96, 97-yil tugilgan qizlarga salom. Yana osha gozal qizlar bilan tanishmoq havasida bolgan yigitlarning uyali telefon raqamlari ham beriladi. Eng achinarlisi, yigitlar bilan tanishmoq istagida bolgan qizlarning SMSlari ham oz emas — 35-40 yashar yigitlarga salom.

Vohaga qoshni Qoraqalpogiston Respublikasining Tortkol shahrida faoliyat yuritayotgan TTV xususiy kanali korsatuvlarida ham shu holat: Hazorasplik mochchi qizlar bilan tanishaman!

Ana, xolos! Millionlar minbari bolgan telekanallar qachondan buyon sovchilikni kasb qilib oldi ekan!? Bu bizning axloq-odob meyorlarimizga qanchalik mos keladi? Umuman, SMSlar nimaga xizmat qiladi?

Biz ozimiz doim korib borayotgan xususiy telekanallardan ayrim misollarni keltirdik, xolos. Ehtimol, bunday hayosiz elonlar boshqa viloyatlardagi xususiy telekanallarda ham berilayotgandir.

Togri, bazi xorij kanallarida ana shunday mazmundagi SMSlar berib boriladi. Ulardan ayrimlarini hatto aytishga ham uyalasan kishi. Ammo kor-korona kimdandir andaza olishga urinish, qayoqqa boshlayotganini bilmay turib, kimningdir ortidan ergashish ertaga qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Yengil-elpi, hayosiz har qanday gap-soz, lavha, korsatuv yoshlar tarbiyasini buzishdan boshqa narsaga xizmat qilmaydi.

Bunday holatlarga beparvo qarash ertaga qimmatga tushmaydimi? Axir hammamizning oilamiz, farzandlarimiz bor, hayosiz elonlar 12-14 yoshli bolalar, osmirlar ruhiyatiga qanday tasir korsatishini oylab koraylik...

Har bir telekanal uchun korsatuvlarni qiziqarli qilaman desa, mavzu yetarli. Lekin ozi nima qilishini bilmagan odam birovning ketidan ergashadi, birovning gapini gapiradi. Bizningcha, yuqorida nomlari keltirilgan xususiy telekanallar sovchilikni bir chetga yigishtirib qoyib, yurtga, jamiyatga biroz bolsa-da foydasi tegadigan ishlar bilan shugullansa, obro topadi, deb oylaymiz.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: