O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2013

QISHGA TAYYORGARLIK: GAZ TAMINOTI

Kuzning iliq kunlari hademay ortda qolib, qish boshlanadi. Qishga tayyorgarlik ishlari, xususan, gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar kopchilikni qiziqtirishi tabiiy.

«Oztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori orinbosari Fatxulla AXMEDJONOV bilan suhbatimiz bu borada olib borilayotgan ishlar xususida boldi.

— Prezidentimizning joriy yil 5 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashni taminlash togrisidagi qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishini taminlash maqsadida Oztransgaz aksiyadorlik kompaniyasining 2013 yil 14 iyuldagi buyrugi hamda kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, deydi u.

Avvalo, qilingan bazi ishlar togrisida malumot berib otsam. 100,6 km gaz quvurlari mukammal tamirlandi, 89,2 km gaz quvurlarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 92882 ta gaz taqsimlash shaxobchalari taftishdan otkazildi, 154 tasi mukammal tamirlandi.

Shuningdek, 13 210 km gaz quvurlarida bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari amalga oshirildi.
6 449,8 km yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi va 1 309,7 km gaz quvurlarida boyoqlash ishlari bajarildi. Ayni paytda bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Qish mavsumida ayrim joylarda gaz bosimi tushib ketishi hollari uchrab turadi. Buning asosiy sabablari nimada? Mazkur muammoning oldini olish uchun qanday amaliy tadbirlar belgilangan?

Keyingi yillarda respublikamiz hududlaridagi tabiiy gaz istemolchilari sonining kopayganligi hamda aksariyat tabiiy gaz istemolchilari nostandart gaz uskunalaridan foydalanishlari oqibatida gaz quvurlarining oxirgi nuqtalarida joylashgan istemolchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimi tushib ketish holatlari uchrab turadi.

Bundan tashqari, viloyatlardagi markazlashgan issiqlik taminoti bilan taminlanishi belgilangan bir qancha kop qavatli uydagi xonadonning issiqlik tizimi yaroqsizligi sababli xonadonlarni isitish, yuvinish, kir yuvish uchun qoshimcha ravishda, yani rejalashtirilmagan hajmlardagi tabiiy gazning sarflanishi ham qish mavsumida tabiiy gaz taminotida bosimlarning kamayishiga sabab bolmoqda.

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida kompaniyamiz tomonidan 2013-2014 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Unda tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardagi aholi xonadonlarida kafolatlangan issiqlik taminotini tashkil etish uchun komir yoqilgisi hamda ovqat tayyorlash uchun uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taminlash belgilangan. Bugungi kunda bu boradagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Gaz haqini oz vaqtida tolamayotgan istemolchilar, yani muayyan shaxs yoki tashkilotdan qarz undirish, shu bilan birga noqonuniy tarzda gazdan foydalanish hollariga chek qoyish uchun qanday choralar korilmoqda?

Sarf etilgan tabiiy gaz haqini oz vaqtida tolamayotgan istemolchilardan (aholi va ulgurji) mavjud qarzdorlikni undirish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 maydagi qarori hamda istemolchilar bilan ozaro tuzilgan shartnomaning tegishli bandlari asosida amalga oshiriladi. Foydalanilgan tabiiy gaz uchun tolovlarini oz vaqtida amalga oshirmagan istemolchilardan qarzdorlik boyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, ornatilgan tartib asosida xojalik va fuqarolik sudlariga taqdim etilmoqda.

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga kora, jami 219,8 milliard somlik qarzdorlikni undirish maqsadida 300 318 ta aholi istemolchilari boyicha hujjatlar fuqarolik sudlariga taqdim etildi. Shundan 170,3 milliard somlik 250548 ta aholi istemolchilari boyicha sud qarorlari chiqarildi va ulardan 60,6 milliard som qarzdorlik undirildi.

Ulgurji istemolchilar boyicha 986 ta holatda jami 77,4 milliard somlik qarzdorlikni undirish maqsadida hujjatlar xojalik sudlariga taqdim etilgan edi. 695 ta ulgurji istemolchilar boyicha 52,0 milliard somlik sud qarorlari chiqarildi. Ulardan 3,0 milliard som qarzdorlik undirib olindi. Shu orinda istemol qilingan gaz uchun haqini oz vaqtida tolash, avvalo, istemolchilik madaniyati, qolaversa, fuqarolik burch ekanligini takidlamoqchiman. Uni tolamaslik esa birovning haqidan qorqmaslik bilan barobar. Qolaversa, bu gazning joylarga yetarli bosimda yetib bormasligiga ham tasir otkazadi.

Joriy yilning otgan toqqiz oyi davomida gaz tarmoqlariga ozboshimchalik bilan noqonuniy ravishda ulangan 2358 ta holat aniqlanib, 3,7 milliard somlik keltirilgan zararni undirish maqsadida hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Gaz otmagan yoki borishi qiyin hududlardagi aholini ballonli gaz bilan taminlash, ularga uzluksiz gaz ballonlari yetkazib berish masalasi boyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham toxtalsangiz.

Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishini taminlash maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tabiiy gaz otkazilmagan hamda tabiiy gaz yetib borishi qiyin bolgan hududlar royxati tasdiqlangan.

Ushbu royxatga asosan hududlardagi aholi xonadonlarini qish mavsumidan talofatsiz olib chiqish maqsadida yoz faslining iyul oyidan boshlab qishloq va mahalla fuqarolari yiginlari bilan birgalikda aholi ortasida qoshimcha yoqilgi turlaridan (komir, otin, suyultirilgan gaz va h.k.) foydalanishlari togrisida ogohlantirish ishlari olib borildi.

Tabiiy gaz taminotidagi muammoli hududlardagi aholi xonadonlariga ovqat tayyorlashga 140 118 tonna suyultirilgan gaz hajmlarini yetkazib berish uchun kompaniya tasarrufidagi gaz taminoti korxonalari tomonidan joriy yil oxiriga qadar 510 000 dona aylanma maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish hamda 130 dona Isuzu rusumli maxsus transportlar bilan taminlash kozda tutilgan. Bugungi kunga qadar ushbu hududlardagi aholi xonadonlariga vaqtinchalik foydalanishga shartnoma asosida 170 813 ta suyultirilgan gaz ballonlari hamda gaz taminoti korxonalariga esa 63 dona Isuzu rusumli maxsus avtomashinalar yetkazildi.

Aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taminlash uchun 26 dona servis markazlarini qurish rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunda 14 tasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Qolgan servis markazlarida ham qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu ishlar qish faslida aholining tabiiy gazga bolgan ehtiyojini qondirish, qishning sovuq kunlarini muammolarsiz otkazishga qaratilgandir.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV suhbatlashdi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: