O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.10.2013

IRODASI MUSTAHKAM ODAMLAR

hayotda o‘z ornini topmoqda

Inson qadr-qimmatini uluglash, bir-biriga tayanch va suyanch bolish xalqimizga xos fazilat.

Davlatimiz tomonidan ham inson qadrini uluglashga alohida e’tibor qaratilmoqda, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar ozlarini jamiyatning faol azosi sifatida his qilishi, iqtidori va qobiliyatini royobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

— Ijtimoiy himoya va qollab quvvatlashga muhtoj kishilar hayotda oz ornini topib ketishi uchun mamlakatimizda katta imkoniyatlar yaratilgan. deydi Ozbekiston Nogironlar jamiyati raisi Siyarjon QURBONQULOV, Kimdir tugma, yana kimdir ehtiyotsizlik yoki tasodifiy falokat tufayli nogiron bolib qoladi. Nogironlarni kasbga yonaltirish va malakasini oshirish, ularni foydali mehnatga jalb etish muhim masala.

Hozirgi kunda tashkilotimizning 148 ta bolim va bolinmalari, 250 mingdan ziyod azosi bor. Bizning vazifamiz ularning ijtimoiy faolligini taminlash, muammolarini hal etishda yordamlashish, huquqlarini himoya qilishdan iborat.

Biz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan elon qilingan grant tanlovlarida oz loyihalarimiz bilan ishtirok etib kelmoqdamiz.

Otgan yili Ozbekiston nogironlar jamiyatining hududiy bolinmalari rahbarlarining ijtimoiy sohaga yonaltirilgan qonun va qarorlar haqidagi bilimlarini oshirish boyicha grantga sazovor boldik. Bu yil «Obod turmush yili» davlat Dasturiga muvofiq Qoraqalpogiston Respublikasidan Nukus va Tortkol tumani, Andijon viloyati, Toshkent viloyatining Olmaliq shahri, Sirdaryo viloyatining Yangier shahri bolimlari, ijtimoiy yonalishlar boyicha turli grantlarni qolga kiritdi.

Vazirliklar, turli jamoat tashkilotlari, fondlar, OzXDP, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bizga yaqindan yordam bermoqda. Nogironlar haq-huquqlarini himoya qilish boyicha barcha hududlarda huquqshunoslar faoliyat yuritib kelmoqda.

Nogironlar orasida juda kop istedodlar borki, korib hayratda qolasiz, deydi Ozbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy rayosati raisi, jamiyatdagi OzXDP boshlangich tashkiloti yetakchisi Komiljon ABDULLAYEV. Shohmot-shashkaga, bichish-tikishga, rasm chizish, oymakorlikka qobiliyatli kishilar kop. Ular ilm-fanda, hunarmandchilik va sportda katta yutuqlarni qolga kiritmoqda. Masalan, otgan yili London shahrida bolib otgan XIV Paralimpiya oyinlarida ishtirok etgan sportchilarimizdan dyuzdochi Sharif Xalilov kumush medal sohibi boldi. Qol kurashi boyicha sirdaryolik Umid Axmedov kop karra jahon chempioni hisoblanadi.

Respublikamizda yashayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan yigit-qizlar talim olishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Oquvchilarga kerakli bilimlarni yetkazib berishda, ularning ruhiy holatini yaxshilashda Inklyuziv talim muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizning viloyat va tuman bolimlarida qisqa muddatli kompyuter savodxonligi, bichish, tikish, qandolatchilik va sartaroshlik kurslari tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik va hunarmandchilik qilish istagida yurgan kishilarga maishiy xizmat korsatish shoxobchalari ochishlari uchun komak berilmoqda.

Har yili Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birga Maftunkor ranglar dunyosi nomli Xalqaro tanlov otkazamiz.

Respublikamizning barcha viloyatlarida mutaxassislar ishtirokida nogironlikning oldini olish boyicha muntazam ravishda seminar va davra suhbatlari otkazilayotir. Bayramlarda ijtimoiy himoyaga ehtiyojmandlarga nogironlar aravasi, qoltiq tayoq, eshitish moslamasi va sovgalar berildi hamda mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi.

2000 yilda Sirdaryo viloyatida Nogironlar uyi tashkil etilgan. Bu yerda 38 oila yurtimizning barcha viloyatlaridan kelib yashamoqda. Yangier shahrida ikki qavatli binoda nogironlarimiz kompyuter savodxonligi, tikuvchilik va bichuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik va duradgorlik boyicha bepul hunar organadilar.

OzXDP tashkilotlari barcha hududlarda jamiyatimiz azolarining manfaatlarini ijtimoiy himoyasi va bandlikka komaklashuv masalalarida katta yordam bermoqda. OzXDP bilan hamkorlikda joylarda davra suhbatlari, seminar-treninglar otkazilmoqda.

2001 yildan buyon nogironman. deydi 1-guruh nogironi, OzXDP azosi Nazokat ShOKIROVA. Bosh miya operatsiyasi oqibatida oyoqlarim ishlamay qoldi. Tushkunlikka tushdim, hatto yashagim ham kelmadi. Bir kuni televizorda nogironlar haqida korsatuvni tomosha qilib, inson hayotda oylagan ezgu niyatlarini royobga chiqarish uchun oz irodasini mustahkamlashi kerakligini angladim. Bir oy davomida Yaponiyada mustaqil yashash amaliyotini otadim. Nogironlarning yashash sharoitlari va ish faoliyatlarini organib keldim. Ular barcha yumushlarni ozlari mustaqil bajarishar ekan. Men ham ustozim Feruza Abduqodirovadan zardozlikni, Nozima Axmadjonovadan esa toqish sirlarini organdim. OzXDP Faol ayollar qanoti Sergeli tumani bolimi yetakchisi Dilorom Haydarova har bir masalada qollab-quvvatlamoqda. Xalq demokratik partiyasini ijtimoiy yordamga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishi, tibbiy xizmat sifatini oshirish, bandlik masalalariga alohida etibor qaratayotgani menga maqul boldi. Shu maqsadlarni qollab-quvvatlash uchun OzXDPga azo boldim. Hozir mahallamiz qizlariga zardozlik va toqishni orgatayapman.

Sobir ORISHOV 2-guruh nogironi, OzXDP azosi:

Bolalikdan nogironman. Poytaxtimizdagi Iqtisodiyot va servis kollejining buxgalteriya hisobi va audit yonalishini 2010 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdim. Sher yozaman. Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Qobiljon Usmonovdan rubob chalish sirlarini organganman. Kelajakda Sanat oliygohiga oqishga kirish niyatim bor. Duradgorlik, zargarlik, musiqa togaraklarini tashkil etish orzusidaman. Ishlasam, nimadir yaratsam, odamlarga nafim tegsa deyman...

Ularning gaplarini, orzu niyatlarini eshitib beixtiyor xayolga chomasan kishi. Ogir sinovlardan mardonavor otib,hayotda oz ornini topishga, yaratishga intilayotgan bu odamlar sabot va matonatda kopchilikka ibrat aslida.

Basandabonu JALILOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: