O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.12.2011

Aslida mumkin emas, ammo xohish juda kuchli bolsa... mumkinmi?

Tojikiston rahbariyati hech nimaga qaramasdan va aytilgan barcha fikrlarga qarshi o‘laroq boshlab qo‘yilgan «Asr inshooti» — Rog‘un GESi qurilishini oxiriga yetkazishga ahd qilgan. Bu bahaybat loyiha haddan ziyod asoratlar keltirib chiqarishini xalqaro ekspertlar ishonarli tarzda qayta-qayta uqtirishmoqda. Biroq rahbariyatimiz, aniqrog‘i, Rahmon Hazrati Oliylari hech kimning gapini pisand etmaydi. Sohaning obro‘li mutaxassislari deyarli bir ovozdan loyihaning xatarliligi, xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqilmaganligi va boshqalar haqida tashvish bildirib turgan bir paytda u o‘zini balo tig‘iga urmoqda. Bunday qat’iyatlilik va o‘jarlik boshqa yaxshi ishlarga sarf etilsa, qani edi.

Mana, masalan, mintaqamizda uzoq yil ishlagan rossiyalik ekspert Leonid Papirin bundan qirq yil oldin tayyorlangan va bugun ko‘klarga ko‘tarib joriy qilinayotgan loyihada ko‘plab jihatlar, sodda qilib aytganda, tushirib qoldirilganligini uqtiradi. Biznikilar esa, aftidan, vazifaning murakkabligi bilan siyosatchilarni cho‘chitib qo‘yishni istashmaydi. Mutaxassis Papirinning fikridan kelib chiqsak, hali «o‘nlab dolzarb muhandislik geologiya muammolari (quyoshdan himoya, qirg‘oqlar mustahkamligi, suv to‘plangan hududga kiruvchi Surxob daryosi havzasidagi qoyalar yemirilishi va hokazo) hal etilishi zarur. Bu muammolar inshootning ishchi loyihasini tuzishga qadar tadqiq qilinishi lozim». Shundan keyingina, ya’ni hamma narsa, raqamlar va faktlar aniq-ravshan bo‘lgach, Rog‘un to‘g‘onini barpo etish maqsadga muvofiqmi-yo‘qmi, shu haqda, ayni paytda uning maqbul o‘lchamlari haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Ammo biz tutgan yo‘l boshqacha — Rog‘un to‘g‘oni mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun xavfli ekani haqida ekspertlar ogohlantirsa ogohlantiraversin, Prezident va uning malaylari ularni tinglash o‘rniga shovqin soladi: Bizga energetika tangligini hal etish uchun imkon berishmayapti! Bizni issiqlik va yorug‘likdan qisishmoqchi!

Ular shu usul bilan ko‘p zahmat chekkan Vatanimiz boshiga tushgan barcha ko‘rguliklarda, kimligidan qat’i nazar, o‘zgalarni ayblamoqda. Faqat o‘zlarini emas!

Agar mendan so‘rashsa, o‘sha kaltao‘y rahbarlarimizga eng oson yo‘lni ko‘rsatgan bo‘lar edim: elektr quvvatining asosiy iste’molchisi — TalKO bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni ochib qo‘yish, ayni paytda Rog‘un GESi ekspertizasini o‘tkazish uchun unga taalluqli materiallarni jahonga taqdim etish zarur.

Biz bo‘lsak, Rog‘un GESining texnikaviy imkoniyatlari va ekologik xavfsizligi tekshiruvdan o‘tgan, loyiha salbiy baho olmagan, deb jar soldik. Shunday ekan, muxolif fikr bildirayotgan shaxslarni nega faktlar bilan ishontirish mumkin emas? Yoki ... o‘sha faktlar, shuningdek, Rog‘un ekspertizasi bizning prezidentning xom-xayolimi?

Shunday deyish uchun asoslar bor. O‘sha Leonid Papirin Sarez ko‘li muammolarini tadqiq qilishda Jahon banki asosiy homiy bo‘lganini aytadi. «Murakkab Sarez tadqiqotlarini bajarish uchun Tojikistonda malakali mutaxassislar yo‘q. Bu ishlarda ishtirok etgan Shveytsariyaning «Shtuki» firmasi ham bunday mutaxassislarga ega emas». «Olti yillik ishlar yakuni Jahon banki loyihasining to‘la barbod bo‘lganini ko‘rsatadi. Sarf etilgan pullarga hech qanday tadqiqot o‘tkazilmadi», deb xulosa qiladi ekspert.

Bu o‘rinda izohning hojati yo‘q. Barcha ekspertiza mamlakatimizdagi amaldorlar orqali o‘tkazilgan. Ekspertlar ishi uchun Jahon banki ajratgan mablag‘ning katta qismi qayoqqa ketganini bilish qiyin emas — ular bizning «sotilmaydigan» dohiylarimiz cho‘ntaklarida.

Ha, mexanizm ishlab chiqilgan. Tenderni qopchig‘ida hemiriyam bo‘lmagan «Shox va tuyoq» tojik idorasi yutib chiqadi. Keyin u rossiyalik qandaydir mutaxassislarga pudrat summasining 15 foizi evaziga kerakli ishlarni bajarib berishni taklif qiladi, tafovutni esa offshorlarda «o‘zlashtiradi». Tadqiqot ishlarining sifati ham shunga yarasha bo‘lishi tabiiy. Undan keyin bu tuturuqsizlik (ilmiy ma’noda) Rog‘un GESi qurilishidek muhim masalada qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Shunday ekspertiza usuli bilan istagan narsangni dalillash mumkin. Xohish bo‘lsa, bas. Bir kishining injiqligi esa ko‘plarga qimmatga tushadi.

Darvoqe, espertlar fikriga ko‘ra, Rog‘un bilan bog‘liq barcha ishlarning aniq qiymati uch milliard emas, balki yetti milliard dollarni tashkil etadi. Bunday «ziyofat» ertaga kimning hisobidan qoplanadi? Bu — siz bilan bizning bo‘ynimizga tushadi, aziz vatandoshlar!

Aslida, biz qashshoqlik girdobidan hali chiqa olganimiz yo‘q. Hazrati Oliyimiz esa o‘zi yo‘q elektr quvvatini xorijga — Afg‘oniston, Pokiston va undan naridagi mamlakatlarga pullab cho‘ntagini to‘ldiradi. Bizga esa prezidentga ko‘r-ko‘rona ergashib, shahar va qishloqlarimizning zim-ziyo ko‘chalaridan «nurli kelajak» sari odimlash qoladi, xolos. Hazrati Oliylari esa bu yoqlarga hech qachon qiyo boqmaydi.

Sangin G‘AFFOROV,

Tsentraziya. http:// www.centrasia.ru/newsA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: