O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.09.2013

TERMITLAR ZIYONINI BARTARAF ETISH

fanning dolzarb masalalaridan biridir

— 2012 yil 2 fevralda Vazirlar Mahkamasining «Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to‘grisida»gi qarori e’lon qilindi deydi Ozbekiston Fanlar akademiyasi Osimlik va hayvonot olami genofondi instituti huzuridagi termitlarga qarshi kurash markazi direktori, biologiya fanlari doktori, professor Oloviddin Hamroev. Otgan vaqt mobaynida bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Termitlar xavfini kamaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. Lekin bu borada xotirjamlikka berilmaslik kerakligini hayotning ozi korsatib turibdi. Shuni afsus bilan qayd etish kerakki, bu kozga tashlanmayotgan hasharotlarning zarari yildan-yilga ortib bormoqda.

Respublikamiz hududlarida termitlar qachon aniqlangan?

1875 yil Termiz shahri atrofida termitlar bolgani ilmiy manbalarda qayd etilgan. Shundan song mutaxassislar 1903 yil Mirzachol hududida termitlarni 16 metr chuqurlikkacha tarqalganini aniqlab, ularning yashash tarzini organishni boshlaganlar.

Songgi tadqiqotlarda termitlar bir uyada 25 mingdan 5 milliontagacha yashashi, guruhlariga qarab, 6 yildan 30 yilgacha umr korishi mumkinligi, ona termit bir sutkada esa 43 mingtagacha tuxum qoyishi aniqlandi.

Bu hasharotlarning yashash tarzi malum bir qonuniyatlar asosiga qurilganki, termitlarning hammasi unga amal qiladi. Ona termit tuxum qoyadi, enagalar uni parvarishlaydi, ishchilar suv, ozuqa tashiydi, qoriqchilar esa uni qoriqlaydi, ruxsat berilmagan termitlarni uning yoniga otkazmaydi, mabodo birontasi kasallansa, osha zahoti oldiriladi. Ularning ish faoliyati bir-biriga bogliq, bir guruhi ozuqa yigish bilan band bolganda, boshqalari ularga suv yetkazib beradi. Termitlar suvni yer ostidan olib chiqishadi. Afrikada termitlar suv olib chiqish uchun hatto 115 metr chuqurlikkacha tushishi aniqlangan.

Jahonda termitlarning 2860 ta turi yashasa, shulardan bizda ikki turi katta Kasbiy orti, Turkiston termitlari uchraydi.

Malayziyada 1 gektar yerda 52 turdagi termitlar borligi qayd etilgan. Ortacha hisobda bir kvadrat metrga 4000 ta termit togri keladi. AQShda esa 18 ta turi yashaydi. Kaliforniya shtatida termitlarga qarshi kurashadigan 4 mingga yaqin tashkilotlar bor. Amerika davlati iqtisodiyoti bir yilda termitlardan 1,5 milliard dollar zarar kormoqda.

Termitlarni turlarga ajratadigan bolsak, bizda asosan yogochlarga zarar keltiradigan, Xitoy va Yaponiyada esa togonlarni kemiradigan xili uchraydi. Angliyada laboratoriya sharoitida termitlarni sinashganda ular hatto choyanni teshishga uringani organilgan. Ozuqa toplash jarayonida uning turiga qarab termitlar ozidan parchalovchi kislotalar ishlab chiqaradi. Bundan korinib turibdiki, bilvosita yer ostidan otgan har qanday jismni zararlaydi. Undan tashqari biron-bir ishlab turgan uskunani ayrim qismlari oralarini loy bilan toldirishi natijasida ishdan chiqishiga olib keladi.

Respublika termitlarga qarshi kurash markazi oldiga qanday vazifalar qoyilgan?

Bugungi kunda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari hamda osimliklarni himoya qilish markazlari respublika termitlarga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Dezinfeksiya stansiyalari tomonidan aholi punktlarida, ijtimoiy soha obektlarida, korxona va tashkilotlarda hamda madaniy-tarixiy obidalarda bir qator ishlar qilinmoqda.

Osimliklarni himoya qilish markazlari tabiiy sharoitda termitlar tarqalgan hududlarda (dalalarda, chol zonalarida va boshqa ochiq joylarda) ularga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Davlat arxitektura va qurilish qomitasi zimmasiga yangi qurilishlar uchun ajratilayotgan yerlarda termitlar bor-yoqligini aniqlash hamda dunyo amaliyotida tan olingan termitlarga chidamli bino va inshootlar qurish tajribasini organib, belgilangan tartibda joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Oliy va orta maxsus talim vazirligiga respublika oliy talim muassasalarida biologiya, tabiatshunoslik va osimliklarni himoya qilish ixtisosliklari boyicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar oquv dasturlariga Biozararlanish asoslari, Hasharotlar ekologiyasi kabi maxsus kurslarni kiritish va tegishli darsliklar bilan taminlash vazifasi qoyildi.

Hozir respublikamizda bir-necha mingta uy-joy termitlar bilan zararlangani aniqlangan. Shuni hisobga olgan holda birinchi navbatda aholi yashash joylarini termitlar bilan zararlanish darajasini aniqlash hamda zudlik bilan kerakli choralarni korish zarur. Biz bir qancha qidiruv-tekshiruv ishlarini olib bordik va tegishli tashkilotlarga oz xulosalarimizni yubordik.

Termitlarga qarshi kurashishda qollaniladigan vositalar haqida toxtalsangiz?

Kopgina davlatlarda bu hasharotlarga qarshi preparatlar yaratilgan. Lekin chet elda ishlab chiqarilgan bu vositalar bizda natija bermaydi. Shuning uchun olimlarimiz tomonidan mahalliy termitlarga qarshi qollaniladigan preparat ishlab chiqarildi.

Termitlar bilan zararlanishning oldini olish hamda yoq qilishda, qurilish materiallariga, hasharotlar tarqalgan hududlarga septor-2 mahalliy preparatini purkash usulidan foydalanmoqdamiz. Undan tashqari aholi turar-joylari va boshqa termitlar bilan zararlangan obektlarni tozalashda, markazimizda tayyorlanayotgan yemxorakdan foydalanmoqdamiz.

Dala va chollarda xodimlarimiz tomonidan termitlar uyasi ogziga kerakli miqdorda zaharli preparat quyilishi natijasida hasharotlar yoq qilinmoqda. Hozirda esa yangi texnologiya yaratyapmiz. Oldin 150 litr atrofida zaharli preparat uyaga quyilgan bolsa, endilikda 5 litri bilan butun uyadagi hasharotlarni yoq qilish mumkin boladi.

Shu orinda yana bir gapni alohida takidlashni istardim. Qurilishda termitlarga chidamli yogochlardan foydalanish juda muhimdir. Bizda ottiz ikki xil daraxt turi sinovdan otkazildi. Aniqlanishicha uy-joy qurilishida ishlatiladigan oq tol, mirzaterak, oq terak, sadaqayragoch, kashtan va chinor kabi daraxtlar yogochi termitlar hujumiga bardosh bera olmaydi. Oq akas, sariq akas, Zarafshon archasi, qizil archa, virgin archasi, qaragay, yapon saforasi kabi daraxtlardan olingan yogoch mahsulotlariga esa bu hasharotlar umuman zarar yetkaza olmaydi.

Hayotning ozi, tabiat odamzot oldiga juda kop muammolarni qoymoqda. Ularni bartaraf etish uchun esa inson aql zakovati, bilimi yanada rivojlanishi, taraqqiy etishi zarur.

Shuhrat ISLOMOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: