Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
24.08.2013

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Paxtakor”

Xudoyberdiyev Shapo‘lat Xaydarovich - Muzrabot tumanidagi “Haydar polvon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”

Namazov Shadman Ergashovich - “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”

Sotvoldiyeva Dilbar Xolmirzayevna - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Bosh pillaxona” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh agronomi, Namangan viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”

Ismatov Maxmud - G‘uzor tumanidagi “G‘uzor” naslchilik shirkat xo‘jaligi raisi, Qashqadaryo viloyati

Risbekov Mirzabay Menlibayevich - Konimex tumanidagi “Saribel” naslchilik shirkat xo‘jaligi bosh cho‘poni, Navoiy viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”

Ulpetov Gamlet Nuratdinovich - “O‘zbekgeofizika” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali “Shimoliy O‘zbekiston” kon geofizika partiyasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”

Umarov Niyaz Ilyasovich - “12-trest” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 52-qurilish boshqarmasi kompleks brigada boshlig‘i, Toshkent shahri

Xudjamkulov Sunnatilla Axmedovich - Oqdaryo tumanidagi “Me’mor Kumushkent” qurilish korxonasining bosh muhandisi, Samarqand viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”

Yakubov Baxodir Raxmatullayevich - “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasining telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazi boshlig‘i

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”

Abdugapparov Latipxon Sattarovich - Olmazor tumanidagi “3-avtobus saroyi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining haydovchisi, Toshkent shahri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”

Jumanov Shavkat Palvanovich - “Shovot-Qulovot” irrigatsiya tizimlari boshqarmasining “Quyi Shovot” irrigatsiya tarmoqlari tizimi muhandis-gidrotexnigi, Xorazm viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”

Maligin German Grigorevich - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “A-320” uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosari

Samarali mehnati va erishayotgan yutuqlari bilan mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash hamda iqtisodiy qudratini oshirishga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi, mehnatsevarligi, vatanparvarligi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan umumxalq izzat-hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“El-yurt hurmati” ordeni bilan 

Abduraxmonov Karimjon Tuxtasunovich - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 31-bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi, Namangan viloyati 

Alimova Ozoda Mamadovna - Karmana tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Babadjanov Sulton - Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi jarrohi, Xorazm viloyati

Begaliyev Abduvoxid Turdialiyevich - Mirishkor tumanidagi “Turdiali bobo” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Bobonazarov Sodik O‘smonovich - “Nuroniy” jamg‘armasining Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi raisi, Surxondaryo viloyati 

Gafurov Baxtiyar - Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Nevrologiya” kafedrasi mudiri, Toshkent shahri,

Erjanova Bibigul Saparniyazovna - Mo‘ynoq tumanidagi “Uchsay” ovul fuqarolar yig‘ini raisi,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ismoilov Jahongir Xolmurodovich - “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri, Buxoro viloyati

Kudratov Aripjan Normamatovich - Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi kardiorevmatologiya bo‘limi mudiri

Qurbonova Marxabo Adxamovna - Piskent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent viloyati

Murotova Lola Ne’matovna - Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Narmatov Esan Ishankulovich - G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati

Toshev  Farmon Isxakovich - “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri, Samarqand viloyati

Ergashev Iskandarbek Obidovich - Xo‘jaobod tumanidagi 23-ixtisoslashtirilgan maktab-internati fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan 

Abibullayev Anuarbek Alimovich - “Qo‘ng‘irot soda zavodi” unitar korxonasining markaziy tuzatish xizmati boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bazarov Toshtemir Shodiyevich - “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Neft va gaz quduqlarini sinash” ochiq aksiyadorlik jamiyati “G‘uzor” sinov uchastkasi burg‘ulovchisi, Qashqadaryo viloyati

Ibragimov Doniyor Qurbanazarovich - “G‘arbiy O‘zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasining Surxondaryo gidrogeologiya stansiyasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Salimov Ilxom Nasimovich - Jizzax shahridagi “Agrokvant” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh muhandisi, Jizzax viloyati

Saparov Nuritdin Kasimovich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi metallurgiya sexi erituvchisi, Toshkent viloyati

Sattarkulov Karimkul Turdikulovich - “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining smena boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Sobirov Qobiljon Abdullayevich - “GM O`zbekiston” aksiyadorlik jamiyatining 
1-ishlab chiqarish bo‘limi payvandlash sexi boshlig‘i, Andijon viloyati

Turgunov Ayibjon Xiloliddinovich - “O‘zElektroterm” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Namangan Transformator” ishlab chiqarish korxonasi muhandis-texnologi, Namangan viloyati

Xaitov Turabay Tulivayevich - “Qo‘yliq ko‘priklar, temirbeton qurilmalar tajriba zavodi” unitar korxonasi bosh muhandisi – qoliplash sexi boshlig‘i, Toshkent shahri

Halimov Bahodir Sharipovich - “Xarxo‘r-Duoba” irrigatsiya tizimi boshqarmasining gidrotexnigi, Buxoro viloyati

Ergashev Karimjon Gafurovich - Toshloq tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasining yo‘l ustasi, Farg‘ona viloyati

Eshpulatov Alisher Nurullayevich - “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatining sex energetigi, Navoiy viloyati

Yusupov Rajabboy Kuranboyevich - Xonqa tumanidagi “Xorazm qurilish ta’mirlash” korxonasining ish yurituvchisi, Xorazm viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan 

Alixanov Muxtorjon - Dang‘ara tumanidagi “93-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Ataxanov Ibragim Bozorboyevich - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “4-qishloq qurilish kombinati” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh muhandisi, Namangan viloyati

Achilova Dilbar Sayidovna - Samarqand shahridagi “8-Mart” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ustasi, Samarqand viloyati

Qasimov Baxodir - “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasining ishlab chiqarish sexi operatori, Buxoro viloyati

Matnazarov Uzakbergen Ayapbergenovich - “Suyenli” irrigatsiya tizimi boshqarmasining Xo‘jayli tumani bo‘limi gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Matchanova Oybibi Otayevna - Xiva tumanidagi “Xorazm gilamlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining to‘quvchisi, Xorazm viloyati

Najiyev Sodiq  Xoliqovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Termiz temir yo‘l masofasi yo‘l ta’mirlovchisi, Surxondaryo viloyati

Narkuziyev Shaxabitdin Nasirtdinovich - “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Belazko‘mir” filiali buldozer mashinisti, Toshkent viloyati

Norimov Atayar Eshonqulovich - “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasining elektr sexi ta’mirlash uchastkasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Pardabayev Abdukarim - Sayxunobod tumanidagi “Maqsad” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Rabbimov Norbuta Djurakulovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 1-gidrometallurgiya zavodi ta’mirlash sehi elektrgaz payvandlovchisi, Navoiy viloyati

Tursunov Kuddus Xamidullayevich - Toshkent shahridagi “Oniks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustasi

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abubakirov Saydulla Xamidovich - Namangan tumanidagi “Oltin zamin iftixori” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati

Allamuradov Baxodir Shodiyevich - Sariosiyo tumanidagi “Sariosiyo qurilish korxonasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh muhandisi, Surxondaryo viloyati

Bekchanova Zummarat - “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Urganch tumani tayanch punkti direktori, Xorazm viloyati

G‘aniyev Baxodir Muxtarovich - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Markaziy kengashi raisi

Daurov Marat Georgiyevich – “Samarqand avtomobil zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh konstruktori, Samarqand viloyati

Djaxonboyev Sultonmurod Anorboyevich - “Andijonkabel” qo‘shma korxonasining bosh energetigi, Andijon viloyati

Qo‘ldoshev Qobil Norovich - Vobkent tumanidagi “Nurli zamin saxovati” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati

Matenov Adilxan Bayniyazovich - “Ustyurt qidiruv burg‘ulash boshqarmasi” sho‘ba korxonasining burg‘ulovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Muratov Gafurdjon Yursunovich - Quvasoy shahridagi “Kvars” ochiq aksiyadorlik jamiyatining sex operatori, Farg‘ona viloyati

Nazarova Nilufar Boyqobilovna - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Qashqadaryo viloyati kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

Saidov Ilxom Ikromovich - “Qizilqumsement” ochiq aksiyadorlik jamiyatining aylanma pech mashinisti, Navoiy viloyati

Safonova Mariya Mixaylovna - Mirzacho‘l tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Jizzax viloyati

Toxtaxodjayeva Gulmira Maxamadjanovna - Toshkent shahridagi “Foton” ochiq aksiyadorlik jamiyatining seh quyuvchisi

Turayev Farxod Razakovich - “GM Powertrain – O`zbekiston” aksiyadorlik jamiyatining sex boshlig‘i

Fayzullayev Shokir Nasibullayevich - “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi

Xakkiyev Kamol Safarovich - Sirdaryo tumanidagi “Yo‘lreftrans” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yetakchi muhandis-texnologi, Sirdaryo viloyati 

Elamonov Olimjon Xudayberdiyevich - Chinoz tumanidagi “33-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyatining brigada boshlig‘i, Toshkent viloyati

“Shuhrat” medali bilan (100 yoshdan oshganlar)

Baxiyeva Kalligul - Chimboy tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Beyjonova Ro‘zika - Qo‘shko‘pir tumani, Xorazm viloyati

Boboyev Yuldosh - Oltinsoy tumani, Surxondaryo viloyati

Boboxojayev Ibroxim - Namangan tumani, Namangan viloyati

Davlatova Oysta - Navoiy shahri, Navoiy viloyati

Jo‘rayeva Xilol - G‘allaorol tumani, Jizzax viloyati

Zaripova Xabiba - G‘ijduvon tumani, Buxoro viloyati

Kambarov Ergash - Kattaqo‘rg‘on tumani, Samarqand viloyati

Mavlyanov Zayniddin Umarkulovich - Qibray tumani, Toshkent viloyati

Murotov Nizomidin - Quva tumani, Farg‘ona viloyati

Pirnazarova Buri - Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati

Saydusmanova Aripa - Olmazor tumani, Toshkent shahri

Tuxtaboyev Axchabay - Andijon tumani, Andijon viloyati

Elmuradova Ruxsat - Sayxunobod tumani, Sirdaryo viloyati

“Jasorat” medali bilan 
    
Abdukayumov Abdunabi Abduraximovich - Mirzacho‘l tumanidagi “Iroda-Dildora” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, Jizzax viloyati

Ganiyev Abdurasul Ismatovich - Chilonzor tumanidagi poyabzal ta’mirlash ustasi, Toshkent shahri

Islomov Hakim Suvonovich - Sherobod tumanidagi maishiy texnika ta’mirlash ustasi, Surxondaryo viloyati

Kaypnazarov Paraxat Ziuatdinovich - Qanliko‘l tumanidagi “Altinko‘l” irrigatsiya tarmog‘ining ta’mirlash ustaxonasi chilangari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kodirova Dilbar Tadjibayevna - Quyi Chirchiq tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi, Toshkent viloyati

Miraxmedov Axad Gapparjanovich - Namangan viloyati ko‘zi ojizlar maxsus axborot-resurs markazi bosh uslubchisi

Otajonova Zamira Bekchanovna - Bog‘ot yengil sanoat kasb-hunar kollejining axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri, Xorazm viloyati

Ochilov Bobir Sayfidinovich - Payariq tumanidagi poyabzal ta’mirlash ustasi, Samarqand viloyati

Sidiqov Jahongir Bahromovich - Baliqchi tumanidagi maishiy texnika ta’mirlash ustasi, Andijon viloyati

Xakimov Boxodir Kiyamovich - “Ortopediya reabilitatsiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Qarshi filiali rahbari, Qashqadaryo viloyati

Xatamov Baxodir Kadirkulovich - Guliston tumanidagi “Qodir” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Xolliyev Ikromjon Nurullayevich - Olot tumanidagi poyabzal ta’mirlash ustasi, Buxoro viloyati

Sharipova Sayyora Nosirovna - Navoiy informatika va elektron sanoat kasb-hunar kollejining biologiya fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Ergasheva Nigoraxon Tolibovna - Qo‘shtepa tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Farg‘ona viloyati

“Shuhrat” medali bilan 

Abdiraxmanov Akmalxodja Saidovich - Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining G‘uzor tumani bo‘limi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Abdullayeva Nigora Amanovna - Davlat-tijorat Xalq bankining Jomboy tumani filiali bosh hisobchisi, Samarqand viloyati

Abdulloyev Kamol Talatovich - Samarqand shahridagi «Sam-antep-gilam» qo‘shma korxonasi direktori, Samarqand viloyati

Abdurazaqov Abduqodir Abdurashidovich - “GM O`zbekiston” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Andijon viloyati

Abduraximov Mingartiq Azizovich - “Nuroniy” jamg‘armasining Oltinsoy tumani bo‘limi raisi, Surxondaryo viloyati

Ajimuratova Janilxan Genjemuratovna - “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Mo‘ynoq tumani tayanch punkti direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Azimov Ulukbek Ikramovich - Andijon shahridagi “O‘z-Dong-Ju Peint Kompanii” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarishni rivojlantirish va texnik masalalar bo‘yicha direktori, Andijon viloyati

Akbarova Baxrinso Muxtarovna - Xo‘jaobod tumanidagi “Andijon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

Alikulov Xolmamat Xasanovich - Jizzax shahar elektr ta’minoti korxonasining bosh muhandisi, Jizzax viloyati

Ambelidi Mixail Simeonovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi “Muruntau” koni ombor mudiri, Navoiy viloyati

Amirov Botir Shaymardanovich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxonteks” qo‘shma korxonasining mexanika bo‘limi yordamchi ustasi, Surxondaryo viloyati

Ankabayev Abduraim - Sayxunobod tumanidagi “Paymard” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati

Arabov Abdusattor Rayimovich - Oltinko‘l tumanidagi “Rang-ziyo”mas’uliyati cheklangan jamiyatining elektrgaz payvandlovchisi, Andijon viloyati

Axmedov Gulamjon Ergashevich - “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Xonobod shahar tayanch maskani rahbari, Andijon viloyati

Axmedov Ilxam Askarovich - Yunusobod tumanidagi “Stemqurilish” xususiy korxonasi rahbari, Toshkent shahri

Ahmedov Obid Yoqubovich - “Nuroniy” jamg‘armasining Chilonzor tumani bo‘limi raisi, Toshkent shahri

Babaxalov Narbuta Eshnazarovich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i

Baymatov Mamurjon Abduvaxidovich - “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati qurilish-montaj tresti montajchisi, Toshkent viloyati 

Boboqulova Shoira Norqobulovna - Narpay tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Samarqand viloyati

Boqiyev Farxod  Esanovich - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Guliston davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Sirdaryo viloyati

Boltaboyev Abdusamat Raxmonovich - Uchko‘prik tumanidagi “363-Qo‘qonelektrmontajchi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining brigada boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Buryazov Shonazar Qo‘chqarovich - Bog‘ot tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasining buldozer mashinisti, Xorazm viloyati

Davletova Rayxan Maksudovna - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Xorazm viloyati kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi

Djurayev Abdumalik Abdusalyamovich - “Toshkent lok bo‘yoq zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati apparatchisi, Toshkent shahri

Djurayev Ravshan Djumayevich - “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Surxon parmalash ishlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati haydovchisi, Surxondaryo viloyati

Djurayev Raxim Turayevich - Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy kommunal birinchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati chilangari, Toshkent shahri

Dushanov Qaxramon Usmonovich - Xatirchi tumanidagi “Oq-oltin XXI asr” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ish yurituvchisi, Navoiy viloyati

Jorabayev Abdusattar Gafurjanovich - Sirdaryo tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasining elektr montyori, Sirdaryo viloyati

Jumabayeva Gulistan Bazarimbetovna - Nukus tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasining stansiya operatori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jumayev Zayriddin G‘iyosiddinovich - “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Minora qurish ekspeditsiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati brigada boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Jurayev Xasan Baltayevich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi ta’mirlash-butlov sexi chilangari

Zakirov Anvar Koilevich - Olmazor tumanidagi “Toshkentmebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati sex boshlig‘i, Toshkent shahri

Ibiragimov Xolxoja Umarovich - “Maksam-Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyati sex boshlig‘i, Toshkent viloyati

Izzatov Rixsitillo Ismatovich - Navoiy shahridagi “Baxt-tekstil” qo‘shma korxonasi bosh mexanigi, Navoiy viloyati

Ikromov Utkir O‘ktamovich - “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati sex boshlig‘ining o‘rinbosari, Navoiy viloyati

Inoyatov Nariman Zakitovich - “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasining “O‘zbekiston” elektrodeposi mashinisti, Toshkent shahri

Ismailov Xakim Abdumuminovich - “Nuroniy” jamg‘armasining Oltiariq tumani bo‘limi faoli, Farg‘ona viloyati

Ismatov Kodir Xo‘jamurodovich - “Sho‘rtanneftgaz” unitar sho‘ba korxonasi texnika-texnologiya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, Qashqadaryo viloyati

Isuns Serob Armaisovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh energetigi, Navoiy viloyati 

Karimov Baxodirjon Abdumalikovich - “Paxtaobod agrotexservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyati kombaynchisi, Andijon viloyati

Qarshiyev Odiljon Saitqulovich - “Jizzax akkumulyator zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati sinovchi-formovkachisi, Jizzax viloyati

Kasimov Xayriddin - Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Buxoro viloyati

Qobilov Faxriddin Nuriddinovich - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Jizzax viloyati kengashi bo‘lim mudiri

Qodirov Begali Yaqubovich - Oltinko‘l tumanidagi “Latifjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Kurbaniyazov Aitmurat Seydabullayevich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Magdiyev Shakasim Agzamovich - “Maxsustrans” davlat ishlab chiqarish boshqarmasining “Olmazor-Maxsustrans” avtokorxonasi haydovchisi, Toshkent shahri

Mamadaliyev Abduvali - Guliston shahridagi “Elektrqishloqqurilish”  ochiq aksiyadorlik jamiyatining 3-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Mamadaliyeva Iroda Mo‘soyevna - Yozyovon tumanidagi “Yulduz” fermer xo‘jaligi pillachisi, Farg‘ona viloyati

Mamajonova Erkinoy Umurzakovna - Yangiyer shahridagi “Bekajon-Yan” xususiy korxonasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Mamasoliyev Ilxom Baxtiyorovich - “Elektrtarmoqqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Samarqand shahridagi 48-mexanizatsiyalashgan kolonnasi elektr montyori, Samarqand viloyati

Mamatov Buron - Pastdarg‘om tumanidagi “Akbar asalchilik” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati

Maxamatov Xayriddin Axmadovich - “Suvmash” ochiq aksiyadorlik jamiyati tokari, Toshkent shahri

Maxmudov Muminjon Abdiqodirovich - Uchko‘prik tumanidagi “Sariqo‘rg‘on” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati

Mermusayev Boxadir Karimovich - “O‘zbekkimyomash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining payvandlash sexi chilangari, Toshkent viloyati

Mirzaxalilov Murat Mirzarasulovich - Zangiota tumanidagi “Z.Jalilov” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent viloyati

Mirzoyev Nosir  Orifovich - “Muborakneftgazmontaj” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Trubodetal” unitar korxonasi temirchisi, Buxoro viloyati

Muratova Zamira Atoyevna - “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Shayxontohur tumanlararo pochta aloqa tarmog‘ining pochtaloni, Toshkent shahri

Muxammadiyev Shodi Ismailovich - Angor tumanidagi “Shodi Muxammad Angor” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Nazarov Xursandbek Abduraximovich - Ochiq aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” Informatsion texnologiyalar departamenti boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

Narbayeva Djumagul Xudaynazarovna - Mirzaobod tumanidagi “Mufarrad Munis” xususiy biolaboratoriyasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Nishanov Kosim Qodirjonovich - Namangan shahridagi “Namangan yo‘lovchi tashish” davlat unitar korxonasining avtobus haydovchisi, Namangan viloyati

Ortikov Baxramali Turdialiyevich - Toshkent shahridagi “Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mexanika payvandlash uchastkasi ustasi

Otaboyev Ravshan Kosimovich - Marg‘ilon shahridagi “Traktor ta’mirlash korxonasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sex boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Pirmanova Bashorat Sharipovna - Oqdaryo tumanidagi  “Kumushkent” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

Po‘latov Ro‘ziboy Shonazarovich - “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasining texnologik qurilma operatori, Qashqadaryo viloyati

Radjabov Panji Saparovich - Qorako‘l tumanidagi “192-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘isht teruvchisi, Buxoro viloyati

Razov Jetkerbay Bektemirovich - Qorao‘zak tumanidagi “Quo‘anûsh-jarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ekskavator mashinisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Raximov Qaxromon Zaripovich - Urganch shahridagi 2-xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi, Xorazm viloyati

Raxmatov Uktam Nasimovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi, Navoiy viloyati

Raxmonov Nematjon Karimovich - Qorako‘l tumanidagi “Mashina-traktor parki” ochiq aksiyadorlik jamiyatining kombaynchisi, Buxoro viloyati

Rafikov Zokirjon - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Qorapolvon” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati

Ruzimov Kamiljan - “Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi” davlat korxonasi direktori, Xorazm viloyati

Ruzmetov Islombek Abdirimovich - Urganch tumanidagi “Do‘rmon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

Rustamov Axmadali Oxinjonovich - “Bag‘dod eksperimental-tajriba paxta tozalash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish brigadasi ustasi, Farg‘ona viloyati

Ro‘zmetova Salomat Sadullayevna - Bog‘ot tumanidagi “Kottonteks” qo‘shma korxonasi yigiruv sexi ip yigiruvchisi, Xorazm viloyati

Saidov Baxtinur Xamdamovich - Uchtepa tumanidagi “Jurjoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

Sanoyev Yodgor - Vobkent tumanidagi “Xayrobodcha” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati

Sattarov Burxon Bekmurodovich - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Jomboy tumani Kengashi raisi, Samarqand viloyati

Saxabiddinov Salijon - Uchqo‘rg‘on tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasining avtogreyderchisi, Namangan viloyati

Smetov Baxtiyar Iniyatovich - Nukus shahridagi “Isbax qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Soatov To‘xtamish Karimovich - Sho‘rchi tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasining avtogreyderchisi, Surxondaryo viloyati

Soliyev Nabijon - Jizzax shahridagi “Kamol” ko‘p tarmoqli qurilish korxonasi ish yurituvchisi, Jizzax viloyati

Tajimuratov Baxadir Utemuratovich - “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining “Ustyurtgaz” unitar sho‘ba korxonasi “Sharqiy Berdaq” koni kuzatuvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tajimuratov Kuralbay Orinbayevich - “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tajimuratova Zibaxan Askarovna - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Mo‘ynoq tumani kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tairov Ulmas Zairovich - “Markazgazta’minot” unitar korxonasining “Kattaqo‘rg‘onshahargaz” filiali chilangari, Samarqand viloyati

Tashpulatov Abdukaxar Abdullayevich - Toshkent shahridagi “Suvsanoatmash-mexanika” unitar korxonasi chilangari

Toirjonova Barnogul Qo‘ziboyevna - Beshariq tumanidagi “Beshariqtekstil” qo‘shma korxonasining tikuvchilik sexi brigada boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

To‘ychiyeva Feruza Shamshidinovna - Pop tumanidagi “Papfen” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bo‘lim boshlig‘i, Namangan viloyati

Ubaydullayeva Yayra Raximjanovna - Uchtepa tumanidagi “Artikor” ishlab chiqarish korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri

Urazbayev Shuxrat Aliyevich - “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Angren ko‘mir koni” filiali ekskavator mashinisti, Toshkent viloyati

Urazkulov Mamayusup Suleymanovich - “Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining smena boshlig‘i, Toshkent viloyati

Usmanov Otabek Ganiyevich - Andijon shahridagi “Vodiy oltin kuz” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Fatxiddinov Ne’mat Fazlitdinovich - Namangan shahridagi “Lyuks plyus servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Fedorova Antonina Borisovna - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining bosh mutaxassisi

Xabibullayeva Donaxon - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Usmon Nosir nomli mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Andijon viloyati

Xadjiyev Axmat Borisovich - “Namanganmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatining chilangari, Namangan viloyati

Xazratkulova Mavluda Chutbayevna - Sho‘rchi tumanidagi “Xayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati

Xaydarova Karima Askaraliyevna - “O‘zkimyofarm” ochiq aksiyadorlik jamiyatining seh qadoqlovchisi, Toshkent shahri

Xasanov Xayrullo Eshquvatovich - Angor tumanidagi “Binokor-Angor” mas’uliyati cheklangan jamiyatining brigada boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Xolmatov Shakar Isaqovich - “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Payariq nasos stansiyalari bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati

Xolmurodov Abdurayim Xolnazarovich - Nishon tumanidagi “Nishon lyuks servis” qurilish-ta’mirlash korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Xudoyberdiyev Namoz Ma’murovich - “O‘zneftgazquduqta’mirlash” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Sho‘rtan” uchastkasi katta ustasi, Buxoro viloyati

Chorshanbiyev Ziyadulla Bozarovich - Qamashi tumani telekommunikatsiyalar bog‘lamasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Shaymardanova Xalinisa Bazarovna - Shahrisabz tumanidagi “Oq saroy tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tayyorlov bo‘limi operatori, Qashqadaryo viloyati

Shaymatov Abdukadir Djuraboyevich - Zarbdor tumanidagi “Jo‘rabek” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Sharipova Matluba Xusanovna - Zarafshon shahridagi “Quruvchi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Navoiy viloyati

Shermatov Abdusattor Qudratovich - Forish tumanidagi “Karbonat” ochiq aksiyadorlik jamiyatining sex boshlig‘i, Jizzax viloyati

Ergashev Xoljo‘ra Muxorovich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Kouldi” koni lahmchisi, Toshkent viloyati

Ergasheva Dilbaroy - Jizzax tumanidagi “Jizzax pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati

Eshbayev Kenja - “Nuroniy” jamg‘armasining Dehqonobod tumani bo‘limi raisi, Qashqadaryo viloyati

Yuldashev Rasil Salixovich - Toshkent shahridagi “Texnolog” ochiq aksiyadorlik jamiyatining “Texnolog Metaliz” sho‘ba korxonasi tokari

Yuldashev Urazali Yuldashevich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mis boyitish fabrikasi maydalovchisi, Toshkent viloyati

Yunusov Alisher Asrorovich - “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasining 2-qozon turbina sexi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Yunusov Salim Xalimovich - Buxoro shahridagi “2533-avtojamlanma” 
unitar korxonasining avtobus haydovchisi, 
Buxoro viloyati

Yusupov Raxmat Raimovich - “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh mexanigi, Farg‘ona viloyati

Yarullayev Murodilla Shukrullayevich - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “O‘zaeronavigatsiya” markazining Samarqand hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2013-yil 23-avgust


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

So‘nggi yangiliklar: