O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.08.2013

YOZ FASLIDA QANDAY OVQATLANISH LOZIM?

Avgust — ayni pishiqchilik oyi. Bozorlarda turli-tuman noz-ne’matlar ko‘paygandan-kopaygan. Vitaminga boy, mazali va foydali bolgan tabiat inomlarini barchamiz ishtaha bilan istemol qilamiz. Biroq yoz faslida aholi, ayniqsa, yosh bolalarda oshqozon ogrishi, ich surilishi holatlari koproq kuzatiladi. Mutaxassislarning takidlashicha, bunga istemol qoidalarining buzilishi sabab bolar ekan. Shu bois Toshkent tibbiyot akademiyasi «Ovqatlanish gigienasi» kursi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Guli ShAYXOVAga murojaat etdik.

Yoz kunlari hol mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan qilingan salatlar inson organizmi uchun eng kerakli nematlar hisoblanadi, chunki bu mahsulotlarning kopchiligi chanqoqni qondiradi va organizmni kerakli mineral moddalar, vitaminlar bilan toldirib boradi. Ammo ularning kaloriyasi kam va toyimli bolmaganligi bois, kuni bilan organizmdan ketgan quvvatning ornini bosa olmaydi. Shuning uchun tanamizga doim oqsil moddalari kerak boladi.

Buning uchun gosht mahsulotlari va uning ornini bosuvchi bazi mahsulotlar, yani dukkakli taomlar istemol qilish lozim. Masalan, qovurilgan, yogli mahsulotlarning hazm bolishi ancha qiyin kechadi, shu bois, gosht mahsulotlarini qaynatilgan holatda istemol qilgan maqul. Bular moshxorda, mastava, moshugra, qaynatilgan shorva (yogsiz), manpar va shunga oxshash yengil hazm boladigan taomlardir. Kabob (shashlik)ni kopchilik xush koradi. Lekin kabob sabzavotdan qilingan salatlar bilan, uksus moddasini kam ishlatgan holda istemol qilinsa koproq foydalidir.

Ushbu faslda ovqatlanish tartibini ozgina ozgartirish lozim. Agar kundalik ovqatlanish, yani ertalabki nonushtani 25 foiz deb, oladigan bolsak, yozda nonushtani 10 foizga kopaytirish lozim. Chunki ertalabki nonushtada oqsil, yog va uglevodlar nisbatan kopaytirilishi kerak. Masalan, sut mahsulotlari (tvorog, qaymoq), sutli choy, suvda pishirilgan gosht, parranda goshti, tuxum, yongoq va shunga oxshash toyimli mahsulotlar. Bularni ertalab soat 7.00 larda istemol qilish tavsiya etiladi. Tushlikni esa soat 12.00 ga kochirgan holda yengil hazm boladigan, masalan, birinchi ovqatga moshxorda, mastava, manpar, kotlet, tovuq, parranda goshtidan qilingan taomlar (suvda yoki parda tayyorlangan) tanovul qilish har jihatdan foydalidir.

Bundan tashqari, xom holatdagi sabzavot va mevalar, ulardan qilingan salatlar, bodring, pomidor, piyoz, kok piyoz, kashnich, ukrop, albatta, dasturxonda bolishi talab etiladi. Shuningdek, istemol qilingan ovqatlar bilan birga, hol mevalardan qilingan kompotlardan ham foydalanish lozim va ularning tarkibida shakar umuman bolmasligi kerak, shirinliklarni yoqtiruvchi bazi kishilar ozgina qoshib istemol qilishlari mumkin.

Endi kechki ovqatlanish togrisida toxtaladigan bolsak, uni soat 18.00 larda istemol qilish tavsiya etiladi. Kechki ovqat juda yengil hazm boladigan suyuq taomlardan iborat bolishi talab etiladi. Albatta, soat 20.00-21.00 lar ortasida oshqozonni ozgina toldirish mumkin. Buning uchun qatiq, kefir, olma va shunga oxshash uglevodlarga boy bolmagan hol meva va sabzavotlarni istemol qilish foydali. Qolaversa, sevimli mahsulotlarimiz hisoblangan qovun va tarvuz tushlik vaqtida istemol qilinsa, yaxshi boladi. Ular uglevodlarga boy bolish bilan birga, insonga quvvat beradi. Yana shunday mahsulotlar borki, ular chanqoqni bosadi. Bular bodring (99 foizi suv), seldir, qovun, tarvuz, qulupnay, apelsinlardir. Ular orasida, ayniqsa, tarvuz chanqoqni koproq bosadi.

Shuningdek, chanqoqni bosadigan va kerakli mikroelement va vitaminlar bilan boyitilgan taomlar mavjud bolib, bularga okroshka (qatiq, qaynatilgan tuxum yoki gosht, bodring va kokatlar ishlatilib tayyorlanadigan taom) va borsh (karam shorva) kiradi.

Yozning issiq kunlarida shor va dudlangan baliq, konservalar, tuzli mahsulotlarni istemol qilish umuman tavsiya etilmaydi, chunki bu mahsulotlar chanqoqni kuchaytiradi.

Issiq kunlarda chanqoqni suv tez bosadi. Qaynatib sovutilgan uy haroratidagi suv 18-24 darajada, mineral suvlar gazsiz va mineral moddalari kam bolishi kerak. Har soatda 200 ml suv ichish tavsiya etiladi. Qora choy, kok choy, otli choylar ham juda foydali. Ular orqali organizmga mineral moddalar va vitaminlar kirib boradi. Bir kunlik suvning meyori 3 litrgacha bolishi lozim, albatta, bu soglom insonlar uchun. Yurak-qon-tomir kasalligi, buyrak xastaligi bor insonlarga suvni kop ichish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlar shifokor nazorati ostida suyuq moddalarni ichib yurishlari kerak.

Shuningdek, shifokorlar yuqorida keltirib otilgan hol mevalarni albatta yuvib, songra istemol qilish zarurligini tavsiya etadi.

Yozning bugungi jazirama kunlarida shifokor takidlagan qoida va meyorlarga etibor qaratsak, farzandlarimiz, yaqinlarimiz va ozimizning sogligimizni himoyalagan bolamiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: