O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.07.2013

INSONIYAT VA TIRIKLIK DUSHMANI

Giyohvand moddalar va uning savdosiga qarshi kurashish insoniyatning ulkan muammosi bo‘lib turibdi, desak, aslo xato qilmagan bolamiz. Agarda narkotik yetkazib berish boyicha jahonda «etakchi» orinlarni egallab turgan Afgoniston bizning yon qoshnimiz ekanini hisobga olsak, bu masala mamlakatimiz uchun qanchalik dolzarb ekani namoyon boladi.

Respublikamiz BMTning Narkotik moddalar togrisida 1961 yildagi, Psixotrop moddalar togrisida 1971 yildagi, Giyohvand vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash togrisida 1988 yildagi Konvensiyalariga 1995 yilda qoshilgan. 1999 yilda Giyohvand vositalari va psixotrop moddalar togrisidagi qonun qabul qilindi.

— Markaziy Osiyo giyohvand moddalar jihatidan olib qaraganda, qaynoq nuqtalardan hisoblanadi, deydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining ma’muriy savollar boyicha menejer koordinatori Asif Majid. Mintaqada joylashgan Afgonistonda tayyorlanayotgan giyohvand vositalar butun dunyoga xavf solmoqda. Afgonistondagi mavjud muammoni bartaraf etishda Ozbekistonning orni katta ekanini alohida takidlamoqchiman. Otgan yillar davomida yurtingizda giyohvand moddalarga qarshi keng kolamda kurash olib borilmoqda. Ozbekiston giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida oz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini bajarishga katta etibor qaratayotgani tahsinga loyiq.

Bizning tashkilotimiz sakkiz yildan beri mamlakatingiz bilan hamkorlik qilib kelmoqda, deydi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Ozbekistondagi loyihalari koordinatori Derd Sabo. Giyohvand moddalar savdosi butun planeta oldida turgan katta muammo. Bu insoniyatga xavf tugdiryapti. Ozbekiston hukumati giyohvand moddalarga qarshi kurash borasida boshqalarga ornak bolishga arzirli islohotlar otkazmoqda.

Yurtimizda giyohvand moddalarni yoqish yoli bilan yoq qilish ananasi 1994 yilning may oyida boshlangan edi. Oshanda 14 tonna baloi ofat yoqib yuborildi. Respublikada amal qilayotgan tartibga muvofiq, sudda ashyoviy dalil sifatida otgan giyohvandlik vositalari hukm qonuniy kuchga kirgach, maxsus pechlarda Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi azolari ishtirokida yoq qilinadi. Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari BMT, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yoqiladi. 1994 yildan buyon 50 tonna giyohvand moddalar yoq qilindi.

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kunida Ozbekiston Respublikasi hukumatining topshirigiga kora, Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan narkobiznesga qarshi kurash davomida musodara qilingan giyohvand moddalarning navbatdagi toplamini yoq qilish tadbirini otkazdi. Shu kuni idoralararo komissiya tomonidan 1 tonna 537 kilogramm giyohvandlik vositalari, jumladan, 198,2 kg geroin, 760 kg qoradori, 411 kg marixuana, 140,7 kg gashish, 27 kg koknori, qariyb 20 ming tup nasha osimligi, koplab tabletka va eritma shaklidagi psixotrop moddalar yoqildi.

2012 yilda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogliq bolgan 8155 jinoyat qayd etildi, deydi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi xalqaro bolim boshligi Azizbek Erkaboev. 3043,4 kilogramm turli giyohvand moddalar musodara qilingan. Qoradori – 2012 operatsiyasi davomida umumiy maydoni 1,2 gektar yerga tarkibida giyohvand moddalar mavjud osimliklar ekilgani haqida 1211 holat aniqlandi. 2,38 gektar maydondagi yovvoyi nasha osimligi yoq qilindi. 2012 yilda 136 nafar chet el fuqarosi narkojinoyatni sodir etayotgan paytda qolga olingan. Ular olib otmoqchi bolgan 109,5 kg va 10 ta tabletkada narkotik, shuningdek, 1948 tabletkada psixotrop moddalar hamda 120 litr prekursor moddalar musodara etildi.

Yurtimizda huquq-tartibot organlari tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar olib borilyapti. Shu bilan bir qatorda, maktab, litsey-kollej oquvchilari va oliy talim muassasalari talabalari ortasida tushuntirish-targibot ishlari yolga qoyilgan. Bundan kozlangan maqsad ularning adashib qolmasliklarini taminlashdan iborat. Darhaqiqat, odam qilayotgan ishi nima oqibatlarga olib kelishini ozi his qilsagina, turli illatlardan tiyilishi mumkin.

Temur AZAM,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: