O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2013

Jamoat transporti tozaligiga rioya etish har birimizning burchimizdir

1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘lovchilarga xizmat korsatish madaniyatini oshirishga doir ikkita oylik bolib otadi. Shu kunlar davomida «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tomonidan poytaxtimiz jamoat transportida tozalikni saqlash, yolovchilarning ozini tutish madaniyati va ularga xizmat korsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlar otkaziladi.

Poytaxtimizda har kuni shahar jamoat transporti xizmatidan qariyb 1,3 million kishi foydalanadi. Har bir yolovchi jamoat transportida ozini tutish madaniyati va tozalikka rioya etish haqida oylashi kerak. Qulay va ozoda jamoat transporti iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismigina bolib qolmay, balki shahar haqidagi ilk tasavvurni ham shakllantiradi.

Toshshahartransxizmat uyushmasi xodimlari jamoat transportlarining samarali faoliyat korsatishini ham nazorat qilmoqda. Har kuni yonalishlar boylab umumiy uzunligi 3550 kilometrdan iborat 25 mingga yaqin transport qatnovi amalga oshiriladi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 11 yanvarda qabul qilingan Toshkent shahrida yolovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish togrisidagi farmoni shaharda yolovchi tashish sohasini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga xizmat qilayotgan muhim me’yoriy hujjatlardan biridir.

Poytaxtimizda aholiga korsatilayotgan transport xizmati sifati yaxshilanib, yonalishlar tarmogi optimallashtirildi va mamuriy-boshqaruv sarf-xarajatlarini kamaytirishga erishildi. Yonalishlar masofasining uzoqligi va yol haqi uchun tolovning arzonligi boyicha avtobus va tramvaylar hamon eng kop foydalaniladigan jamoat transporti bolib qolmoqda. Zero, bugun biz ushbu transport vositalarida shaharning istalgan manziliga yetib olishimiz mumkin.

Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish yonalishlarda bir maromda harakatlanishni yolga qoyish imkonini bermoqda. Natijada yolovchilar zarur avtobus yoki tramvayni kutish uchun kop vaqt sarflashining oldi olindi.

Bugun shahrimiz boylab onlab yonalishlarda Mersedes-Benz va Isuzu rusumidagi qulay, shinam avtobuslar qatnamoqda. Yaqinda ular safiga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yangi Samauto LE 60 avtobusi ham qoshildi.

Jamoat transportlari muntazam ravishda tegishli sanitariya-gigiena jarayonlaridan otkazilishi ularni toza va ozoda holatda saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Afsuski, kongilni xira qiladigan holatlar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim yolovchilar avtobus saloniga pista pochogi, qogoz, plastmassa idishlar tashlab yoki orindiqlarga saqich yopishtirib ketishadi. Chunonchi, yaqinda 1-yonalishda qatnaydigan avtobusga chiqqan bir guruh oquvchi yoshlar qulay otirib olgach, biri ortoqlariga konfet ulashdi. Ulardan ikki nafari konfet qogozini gijimlab, orindiq ostiga tashladi, konfetdan boshagan qutini esa oynadan tashqariga otib yubordi. Songra suv ichib, idishni ham orindiq tagiga qoydi.

Orindiqlar, hatto salon shiftidagi koplab yozuvlar, burab chiqarilgan boltlar ham ayrim yolovchilarning jamoat transportida ozini tutish madaniyatini bilmasligidan dalolat beradi.

— Har kuni ish boshlanishidan oldin va kun oxirida har bir jamoat transporti kozdan kechiriladi, barcha qurilmalar, uzellarning ishlash holati organiladi, sanitariya ahvoli, dvigatel va agregat qismi tekshiriladi, deydi Toshshahartransxizmat uyushmasi raisining orinbosari Ismoil Bahodirov. Poytaxtimizdagi barcha, onta, avtobus parki malakali xodimlarga ega. Jamoat transportining tozaligi va unda yolovchilarning ozini tutish madaniyati faoliyatimizning muhim tarkibiy qismidir. Shu sababli 1 iyuldan 31 avgustga qadar yolovchilarga xizmat korsatish madaniyatini oshirish boyicha ikkita oylik otkaziladi. Bu borada turli tadbirlar otkazish rejasi belgilangan. Poytaxtimizda harakat qiladigan avtobus va tramvay haydovchilari, konduktorlar bilan ular kiyadigan kiyimning ozodaligi, shuningdek, yolovchilarga nisbatan xushmuomala bolish madaniyati mavzusida suhbatlar otkaziladi.

Haftaning har juma kuni haydovchilar kabinasining tozaligi nazorat tekshiruvidan otkaziladi. Ularda bezaklar, tumor yoki katta plakatlar kabi ortiqcha buyumlar bolmasligi kerak. Aksariyat haydovchilar kabinaga ozboshimchalik bilan magnitola va katta kolonkali audiotizimlarni ornatib olmoqda. Bu bilan ular kop hollarda nafaqat yolovchilarning gashiga tegadi, balki ularning hayotini ham xavf ostiga qoymoqda. Endi bunday uskunalar olib tashlanadi.

Shu bilan birga, avtopark ishchilari bazan bemani va xunuk ishlarga ham guvoh bolmoqda. Bu orinda gap transport vositasidagi rassomlar haqida bormoqda. Bunday voqealarni koproq tramvay vagonlarida uchratish mumkin. Yaqinda 26-yonalishda qatnaydigan tramvay salonida ozim ham xuddi shunday holat guvohi boldim. Bir guruh bolalar ikki qator orindiqni egallab, nimalarnidir qizgin muhokama qila boshladi. Ulardan biri esa rangli qalamda oldingi orindiqning orqa tomoniga garoyib shakl bera boshladi. Biroq, u ozining ajoyib sanat asarini nihoyasiga yetkaza olmadi. Bunga 70 yoshlardagi nuroniy otaxon xalal berdi. U bolalarga tramvay kopchilik tomonidan foydalaniladigan umumiy mulkimiz ekani, binobarin, unga ehtiyotkorona munosabatda bolish lozimligi haqida muloyimgina qilib tushuntirdi. Uning sozlarini diqqat bilan tinglagan bolalar bundan buyon jamoat transportida ozini yaxshi tutish va boshqalarning mehnatini hurmat qilishga vada berdi.

Darhaqiqat, jamoat transportini toza va ozoda saqlash, undan unumli foydalanish nafaqat transport xizmati xodimlarining, ayni paytda barcha yolovchilarning ham vazifasidir.

R.BONDARChUK,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: