O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.06.2013

DORI-DARMON VOSITASI VA BAHOSI

yoki dori vositalari narx-navosining shakllanish asoslari hamda nazorati xususida

undan yigirma yilcha oldin shifokor bemorga tavsiya etgan kamyobroq dorini topish amrimahol edi. Tanish-bilishni ishga solib, allaqaysi shaharlardan ushbu dori vositasi axtarilardi. Bugungi kunda farmatsevtika sohasida ham izchil islohotlar amalga oshirilishi natijasida, aholining sifatli dori-darmon vositalariga bo‘lgan talabi tolaqonli qondirilib kelinmoqda. Bugun shifokor tavsiya etgan dori vositasi birida bolmasa ikkinchi dorixonadan albatta topiladi. Agarda 069 raqamli dorixona ma’lumotlar tarmogiga telefon qilsak, zarur dorini qaysi dorixonadan topish mumkinligini aytishadi.

Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimizda jami 6599 nomdagi dori vositasi, shundan 1265 nomdagi mahalliy, 5334 nomdagi xorijiy dori vositalari tibbiyot amaliyotida qollashga ruxsat etilgan. Shuningdek, istiqlolning dastlabki davrida respublikamizda atigi ikkita farmatsevtika korxonasi tomonidan 20 ga yaqin dori vositasi ishlab chiqarilgan bolsa, ayni paytda 133 ta korxona dori vositalari ishlab chiqarmoqda. Bulardan 26 ta farmatsevtika korxonasi xalqaro sifatni boshqarish tizimi ISO 9001 va GMP sertifikatlariga ega bolgan korxonalardir. Shu bilan birga, mahalliy korxonalardan 17 tasi oz mahsulotlarini chet ellarga eksport qilmoqda. Bu davlatimiz iqtisodining taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Biroq ayrim hollarda odamlar ortasida dori vositalari narxi haqida etirozlar bolib turadi. Fuqarolar tahririyatimizga qongiroq qilib, dori-darmon vositalarining narxi nima sababdan bir-biridan farq qilayotganini izohlab berishni soragan hollar ham bolyapti.

Shu bois ozimiz ham kichkina monitoring otkazishga qaror qildik. Shifokordan xotin-qizlar ortasida kamqonlik kasalligini davolash uchun zarur bolgan dori vositalari royxatini oldik.

Birinchi dorixona: Ferrum-lek ampulasi — 5 donasi 18000 som. Ikkinchi dorixonada 16300 som. Uchinchi dorixonada 21600 som.

Birinchi dorixona: Ferkayl ampulasi 10 donasi 42000 som. Ikkinchi dorixonada 45000 som. Uchinchi dorixonada 40200 som.

Birinchi dorixona: Maltofer tabletkasi (30 dona) 25800 som. Ikkinchi dorixonada 26800 som. Uchinchi dorixonada 25000 som.

Birinchi dorixona: Ferrum-lek tabletkasi (30 dona) 18000 som. Ikkinchi dorixonada 19700 som. Uchinchi dorixonada 21600 som.

Birinchi dorixona: Duovit tabletkasi (30 dona) 9000 som. Ikkinchi dorixonada 9200 som. Uchinchi dorixonada 10300 som.

Birinchi dorixona: Tatima suyuqligi (20 dona) 16000 som. Ikkinchi dorixonada 16100 som. Uchinchi dorixonada 20000 som.

Birinchi dorixonada royxatdagi jami dorilarning narxi 128 ming 800 somni tashkil etdi. Ikkinchi dorixonada 133 ming 100 som boldi. Uchinchi dorixonada esa jami dorilarning narxi 139 ming 300 somni tashkil etdi.

Korinib turibdiki, bemor birinchi dorixonadan kerakli dorilarni sotib olganda ikkinchisiga nisbatan 4300 som, uchinchiga nisbatan esa 10500 somni iqtisod qilishi mumkin. Haqli savol tugiladi: nega yonma-yon dorixonalarda bir turdagi dorining bahosi keskin farq qiladi? Ulardagi narx-navo nazorat qilinadimi? Shuningdek, ularning narxlari nimaga asoslanib shakllanadi? Bemorlarning qaysi toifasi dori vositalari bilan tekin taminlanishi kozda tutilgan?

Shu va shu kabi savollarga javob olish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildik.

«Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi bergan malumotga kora, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi mavjud. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 14 yanvardagi Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish togrisidagi va 2000 yil 5 avgustdagi Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorlari bilan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishda cheklangan savdo ustamalari joriy qilingan.

Jumladan, import boyicha keltiriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari, tovar yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qati nazar, sotib olish qiymatining 20 foizidan ortiq bolmagan miqdorda ulgurji-chakana savdo ustamasi qollangan holda sotilishi lozim. Boshqa dori vositalari va tibbiyot buyumlariga, vositachilar sonidan qati nazar, ulgurji savdo uchun 20 foizdan ortiq bolmagan, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq bolmagan miqdordagi cheklangan savdo ustamalari qollanishi kerak. Shuningdek, barcha dorixona muassasalarida narx belgilash tartibi va savdo ustamalari qollanishini nazorat qilish vazifasi Ozbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi zimmasiga yuklatilgan.

Masalani organish jarayonida mutaxassislar yana bir narsaga etiborimizni qaratishdi. Dori vositalarining narxi, uning qayerda ishlab chiqarilgani, vositachi orqali yoki korxonaning ozidan togridan-togri olinayotganiga ham bogliq.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasining malumotiga kora, qomita tomonidan dori vositalari narxlari osib ketishining oldini olish maqsadida ayrim turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar royxati tuzilib, yurtimizdagi 127 ta dorixonadan malumot olish yoli bilan organish va tahlillar otkazilgan. Unga kora, 61 ta dorixona tomonidan 380 turdagi dori vositalariga belgilangan ustamalar oshirib qollanilgani aniqlanib, belgilangan tartibda ish qozgatilgan va tegishli choralar korilgan.

Misol uchun, Samarqand shahridagi Registon Nur Baraka MChJ dorixonasida Paratsetamol tabletkasi 107 somdan sotilishi lozim bolsa-da, u 450 somdan sotilgan. Namangan shahridagi Peo farm servis xususiy dorixonasida esa narxi 3110 somlik Pinosol dori vositasi 5200 somdan sotilayotgani malum bolgan.

Ushbu misollardan ham bilish mumkinki, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorida belgilangan savdo ustamalari qollanilishi borasidagi tartib-qoidani buzish hollari uchramoqda.

Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi malumot berishicha, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi qaroriga binoan ambulatoriyada davolanadigan ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalari davlat byudjeti mablaglari hisobidan beriladi. Ular onkologik, sil, ruhiy, endokrinologik kabi kasalliklar, OIV kasalligini yuqtirganlar, yurak klapanlarini protezlash va organlarni almashtirish boyicha operatsiyalardan keyin ozgalar yordamiga muhtoj yolgiz nafaqaxorlar, 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogiron shaxslar, baynalmilal jangchilar hamda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni otagan pensiya yoshidagi shaxslardir. Ushbu toifadagi bemorlar ozining turar-joyi boyicha taalluqli bolgan ambulatoriya poliklinika muassasasi shifokorining imtiyozli retsepti orqali shartnoma tuzilgan dorixonaga borib, kasalligi boyicha royxatda belgilangan dori vositalarini bepul olish imtiyoziga egadir. Bu mamlakatimizdagi ijtimoiy himoya siyosatining yana bir namunasi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 6 avgustdagi qarori bilan dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalari hamda cheklangan chakana narxlarda sotiladigan va barcha dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bolgan 20 turdagi dori-darmonlar royxati tasdiqlangan.

Takidlash joizki, yuqoridagi dori turlari boyicha cheklangan chakana narx belgilangan va unga ustama qoyish taqiqlanadi. Lekin hamma dorixonalarda ham ushbu dorilar mavjud, deb bolmaydi va narxlarda ham farq borligiga guvoh boldik.

Ozbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasidan olingan malumotda aytilishicha, Federatsiyaning Ishonch telefoniga Toshkent viloyati Ortachirchiq tumanining Yangi hayot mahallasi, Paxtakor kochasi, 15-uyda yashovchi fuqaro K.Solixovadan murojaat tushgan. Unga asosan Federatsiya xodimlari Toshkent shahar Fargona kochasida joylashgan SOLIUS VITA MEDICAL MChJ dori vositalari bilan savdo qiluvchi dorixonada organish olib borgan. Organish jarayonida shikoyatda korsatilgan holat tasdiqlangan. Yani istemolchiga qoshimcha sifatida yaroqlilik muddati otib bolgan Qizilmiya ildizining qiyomi dori vositasi majburan sotilgan. Qonun talablari buzilish holatini bartaraf etish maqsadida dorixonaga nisbatan chora korish uchun tegishli tashkilotlarga malumot yuborilgan.

Har qanday holatda ham dorixona u xususiy boladimi, davlatniki boladimi, belgilangan qonun-qoidaga amal qilishi, narx-navoga insof bilan yondashishi kerak, deb hisoblaymiz. Dorixona faqat iqtisodiy daromad koriladigan dokon emas, u mehr-muruvvat va malham maskani ham hisoblanadi.

Yana bir masala. Bazan xususiy dorixonalardan olingan dorilarning foydalanish muddati otib ketgani togrisida ham gaplar quloqqa chalinadi. Odamlar dorixonaga najot istab, yani bemor yotgan farzandi, ota-onasi dardiga malham topish uchun keladi.

Har kim har xil soha boyicha tadbirkorlik qiladi. Ammo dori-darmon taminoti bilan shugullanayotgan kishi zimmasiga alohida masuliyat yuklatilgan. Demak, dorixona xizmati ezgu ish, savob ish. Ota halollikni, insofni, insoniylikni talab qiladigan ish. Bunga amal qilgan kishi oz mehnatining barakasini, savobini koradi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: