O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
11.06.2013

MUQOBIL ENERGIYA

rivojida geografiya fanining o‘rni

Prezidentimizning 2013 yil 1 martdagi «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida»gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga kotarishni taqozo etmoqda.

Geografiya fani muqobil energiyaning hududiy tarqalishi, vaqt davomida takrorlanishi, energiya quvvati, ularni tabiiy-geografik va iqtisodiy geografik sharoitlarga kora optimal joylashtirish masalalarini organadi.

Hozirgi paytda dunyoning koplab davlatlari tabiiy zaxiralar hamda ichki imkoniyatlardan foydalanib elektr energiya ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini rivojlantirishga harakat qilayapti. Chunki xilma-xil geografik mintaqalarda joylashgan davlatlar muqobil energiyaning turli zaxiralariga ega. Masalan, Yevropa qit’asining shimoliy qismidagi davlatlar qishning uzoq davom etishi va bulutli kunlarning kopligi tufayli quyosh energiyasidan keng foydalana olmaydi.

Germaniya, Gollandiya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Shvetsiya davlatlari esa Boltiq dengizi hamda Shimoliy dengiz qirgoqlarida bir necha ming kilometr masofaga chozilgan shamol generatorlarini qurishni rejalashtirmoqda. Shamol qurilmalari yordamida elektr energiyaga bolgan talabni toliq qondirish imkoniyati yoq. Shu sababli ham shamol generatorlari bilan bir qatorda boshqa energiya manbalari ham izlanmoqda.

Afrika qitasining shimolidagi Sahroi Kabir cholida quyosh energiyasidan foydalanish loyihasi mavjud. Ushbu loyiha boyicha Sahroi Kabirning shimoliy qismiga bir necha yuz million fotobatareyalar joylashtiriladi. Ishlab chiqiladigan elektr energiyaning quvvati 100 GVtga teng. Bu bilan Yevropa davlatlari ozlarining elektr energiyaga bolgan ehtiyojini tola qondirish rejasini tuzmoqda.

Respublikamiz quyosh energiyasi resurslariga boy hudud hisoblanadi. Yurtimizda yil davomida quyoshli kunlar 290-310 kunni tashkil etadi. Ushbu energiyaning yalpi potensiali 50 milliard 973 million tonna neft ekvivalentiga teng.

Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, Ozbekistonda quyoshdan keladigan yillik energiya miqdori qazib olinayotgan neftga nisbatan on ming marta kattadir. Bizda ushbu energiya imkoniyatlaridan hozirga qadar toliq foydalanilmayapti.

Mamlakatimizda foydalanish mumkin bolgan muqobil energiya manbalaridan yana biri shamol energiyasi hisoblanadi. Ozbekistonda yer yuzasiga yaqin, yani 10 metr balandlikkacha atmosferada shamol energiyasining texnik potensiali ancha yuqori. Bunda shamol uzluksiz esadigan ochiq tekisliklar, havo oqimi tezlashib otadigan toglar oraliqlari, botiqlar, mahalliy omillar tufayli hosil boladigan shamollar hisobga olinmagan.

Agar shamol resurslari aniq va toliq organilsa, uning quvvati 20-30 mlrd kVt dan oshadi. Masalan, Bekobod shamolining kuchi 6-12 m/s.ga yetadi. Ozbekistonda shamol resurslaridan unumli foydalanilsa, elektr energiyaga bolgan ehtiyojning yarmini shamol energiyasi yordamida qondirish mumkin.

Elektr va issiqlik energiyasi olishning yana bir qulay manbai chiqindilardan biogaz olish hisoblanadi. Bazi rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan yalpi elektr energiyaning muayyan qismini biogaz energiyasi tashkil etadi.

Biogaz ishlab chiqarishda maishiy chiqindilar juda qol keladi. Samarqand shahridan, har kuni yuz tonnadan ziyod chiqindi chiqariladi. Buning qariyb 40-45 foizi organik chiqindilar bolib, biogaz ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Tumanlar va kichik shaharlardan ham har kuni malum miqdorda maishiy chiqindi toplanadi. Agar shulardan qurilma yordamida biogaz olinsa, bir qator muammolar hal etilar edi.

Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlardan birida hajmi 3 tonnalik biogaz qurilma yasalgan. Undan olinadigan biogazdan bir oila 3 oy davomida uzluksiz elektr olishda foydalanishi mumkin.

Darhaqiqat, biogaz olish uchun shahar va qishloqlarda xomashyo manbai katta. Rivojlangan mamlakatlarda chorvachilik fermalarida, shahar chiqindixonalarida, issiqxonalar yonida turli kattalikdagi biogaz qurilmalari yil davomida ishlab turadi. Xitoy davlatida 12 milliondan ortiq biogaz qurilmalari bor.

Biogaz ishlab chiqaradigan bir yoki bir necha oilaga moljallangan kichik hajmdagi qurilmalar qishloq aholisi uchun juda kerak. Qishloqlarda har bir oilada uy hayvonlari boqiladi. Ana shu chorva mollari chiqindilari biogaz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi.

Qoramol chiqindisi hisobiga bir sutkada olinadigan biogaz qariyb 10 kg otin yoki 5 kg komir ekvivalentiga teng. Chorva mollari chiqindilari maxsus qurilmalarda 8-15 kun ichida parchalanadi va asosini metan gazi tashkil qiluvchi biogaz hosil boladi. Biogaz olingach, qolgan chiqindilar ogitga aylanadi.

Qishloqlarda kichik biogaz qurilmalarining ornatilishi aholiga katta qulaylik yaratishidan tashqari, ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasida beqiyos ahamiyatga ega. Gap shundaki, chiqindixonalar atrof-muhitni zararlaydigan organik chiqindilardan tozalanadi.

Hozir shaharlar, shaharchalar, yirik qishloqlardagi chiqindixonalarning kopchiligi standart qoidaga mos holda qurilmagan. Chiqindilar, ayniqsa, suyuq chiqindilar tashlanadigan joylar tagi betonlashtirilmagan. Shu sababli chiqindilar yer tagiga singib tuproq suvlarini ifloslaydi, yoqib yuborilgan chiqindilar esa bir necha kilometr radiusda havoni zararlaydi.

Mamlakatimizda ekologik toza muqobil energiya turlaridan foydalanish yangi energetika tarmogining rivojlanishiga asos boladi. Bu tarmoqning rivojlanishi tufayli yuz minglab kishilar ish bilan taminlanadi. Togli, chol hududlarda istiqomat qiluvchi aholining elektr energiya taminoti yaxshilanadi. Chol hududlarida quyosh va shamol energiyalari orqali yer osti suvlarini nasos yordamida chiqarish va tomchilab sugorish texnologiyalaridan foydalanish hisobiga katta maydonlarda sugorma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyati paydo boladi.

Shuningdek, muqobil energiya manbalari yaylov resurslaridan bir tekis foydalanish imkonini ham beradi. Bundan tashqari, tog bogdorchiligi, asalarichilik yanada taraqqiy etishiga yol ochadi.

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti, geografiya bolimi, gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasining professor-oqituvchilari Samarqand viloyatining shamol resurslarini organish ishlarini boshlab yuborishdi. Bu tadqiqot ishlariga oqituvchilardan tashqari magistrantlar va talabalar ham jalb qilingan.

Subxon ABBOSOV,

geografiya fanlari doktori, professor,

Orzimurod RAHMATULLAYEV,

geografiya fanlari nomzodi, dotsent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: