O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.06.2013

JAMOATCHILIK QABULXONALARI FAOLIYATI:

yanada samaradorlikka erishish dolzarb vazifa

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ijroqomi Hay’atining 2005 yil 30 noyabr kunidagi qaroriga muvofiq partiyamizning barcha mintaqaviy, tuman va shahar kengashlarida Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etilib, ular faoliyati tobora takomillashib bormoqda. Tasdiqlangan Nizomga muvofiq Jamoatchilik qabulxonalari ijtimoiy muammolarni hal etishda aholiga huquqiy va boshqa maslahat berishi, elektorat huquq hamda manfaatlarini himoya qilish masalalariga partiya deputatlik guruhlari, OzXDP mahalliy kengashlari va boshlangich tashkilotlarining etiborini kuchaytirish talab etiladi.

Jamoatchilik qabulxonalarining 2012 yil va 2013 yilning otgan davridagi faoliyati tahlili mazkur vazifalar samarali bajarib kelinayotgani, elektorat vakillarini oylantirayotgan muammolarni hal etishda amaliy yordam berilayotganini korsatmoqda.

2012 yilda OzXDP mahalliy tashkilotlari qoshidagi barcha Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlar soni 2011 yilga nisbatan kamayganini korish mumkin. 2011 yilda Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan 10759 murojaat korib chiqilib, ularning 70,9 foizi ijobiy hal etilgan. 2012 yilda 7778 nafar fuqaro qabul qilinib, murojaatlarning 72 foizi yechim topgan. 2013 yilning birinchi choragida esa Jamoatchilik qabulxonalariga 2496 murojaat tushib, ularning 69,5 foizi ijobiy hal qilingan.

Murojaatlarda kotarilgan masalalarni organish va hamkor tashkilotlar komagida hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga OzXDPdan saylangan deputatlar faol ishtirok etmoqda.

Aksariyat Jamoatchilik qabulxonalari huzurida Huquqiy maslahatxonalar tashkil etilgani aholining huquqiy bilimini oshirishga, ularni oylantirgan masalalar boyicha malakali javoblar berilishiga xizmat qilmoqda.

2011 yildan mamlakatimizning turli hududlarida otkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy anjumanlar, «Mahalla — aholini manzilli qollab-quvvatlash markazi» loyihasi tadbirlari doirasida kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etilayotgani ham ijobiy samara berayotir. Shunday kochma Jamoatchilik qabulxonalari Qoraqalpogiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Fargona va Qashqadaryo viloyatlarida otkazilgan ijtimoiy-iqtisodiy anjumanlar davomida faoliyat korsatdi. Ularga fuqarolardan jami 62 murojaat tushgan bolib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga OzXDPdan saylangan deputatlar va tegishli tashkilotlar yordamida ularning 41 tasi ijobiy hal etildi, boshqalari boyicha maslahat va tushuntirish berildi.

Mahalla aholini manzilli qollab-quvvatlash markazi loyihasi doirasida tuman va shaharlarda otkazilgan davra suhbatlari davomida 200ga yaqin kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda jami 1275 ta fuqaro partiyadan saylangan deputatlar, partiya yetakchilariga murojaat qildi. Tahlillar korsatishicha, murojaatlarning 12,2 foizi kommunal soha, 16 foizi ish bilan taminlash, 10,2 foizi xizmat korsatish va servis sohasi, 9,3 foizi ish haqi, nafaqa va pensiyalar oz vaqtida berilishi, 9,7 foizi aholiga malakali tibbiy xizmat sifatini yaxshilash masalalari boyicha bolgan. Shuningdek, elektorat vakillari oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish, bosh turgan binolardan samarali foydalanish, talim, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalarda murojaat qilishgan.

Jamoatchilik qabulxonalarining faoliyatini yanada faollashtirish va takomillashtirish maqsadida joriy yilning may oyida siyosiy va fuqarolik marifati tizimida bolib otgan mashgulot Partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirishda Jamoatchilik qabulxonalari va partiya deputatlik guruhlari faolligini kuchaytirish mavzusiga bagishlandi. Unda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Sharbat Abdullayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nazira Matyakubova va boshqalar Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan maruzalar bilan qatnashdi. Muhokamada ishtirok etganlar Jamoatchilik qabulxonalari, bugungi kunda partiya va elektorat ortasida oziga xos koprik vazifasini otayotganini takidlab, ularning ishini yanada faollashtirishga qaratilgan amaliy takliflar bildirishdi.

Jumladan, Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan yuqori darajaga kotarishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlarining orni qay darajada, deb oylaysiz? degan savolga ishtirokchilarning katta qismi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini kuchaytirish, kochma qabulxonalar tashkil etish bilan aholi muammolarini organish, tahlil etish, shu asosda deputatlik guruhlari orqali sessiyalarga masala tayyorlash va muhokamaga kiritish, ularda huquqshunos va mutaxassislar, barcha darajadagi deputatlar ishtirokini taminlash, Jamoatchilik qabulxonalarida mahalliy Kengashlar deputatlarining qabulini jadval asosida tashkil etish kerak, deb javob berishdi.

Elektorat vakillari va faollar murojaatlar mahalliy partiya kengashlarning ozida qolib ketmasligi, ular yuzasidan deputatlar orqali aniq choralarni amalga oshirish, qabul qilingan qonun va qarorlarning ijrosini tizimli organish, huquqshunoslar, partiyaning faol azolari bilan qonunlarga hayotiy ozgartish va qoshimchalar kiritish boyicha takliflar ishlab chiqish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasiga taqdim etish, shu orqali Jamoatchilik qabulxonasi viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mexanizmini yaratish zarur, degan fikr-mulohazalar berishdi.

Etirof etish kerakki, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonunning qabul qilinishi fraksiyalarda qonun loyihalari oz vaqtida va sifatli korib chiqilishini yaxshilash imkonini berishi bilan birga, qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligini oshiradi. Yana bir muhim jihat, bu kabi yondashuv partiya elektorati va keng jamoatchilikning fikri yanada toliq etiborga olinishiga imkon yaratadi.

Bunday tizim, mavjud muammolarni yanada chuqur va har tomonlama organish, aholidan kelib tushayotgan takliflarni umumlashtirish, ularni ishchi guruhlarda huquqshunoslar va partiyaning ekspertlari ishtirokida muhokama etishga imkon beradi. Bunda bevosita Jamoatchilik qabulxonalari imkoniyatlaridan foydalanish davlatni boshqarish jarayonidagi aholi ishtirokining yorqin misoli bolib, jamiyatni demokratlashtirishning muhim jihatlaridan biridir. Aholi, siyosiy partiyaning elektorat vakillari ozlarining saylov organlaridagi vakillari (deputatlari) orqali qonunchilik tizimini takomillashtirish, partiya elektorati manfaatlariga javob beradigan, ularning huquq va erkinliklarini himoya qiladigan muqobil qonun loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

SHUNINGDEK, TADBIRDA JAMOATCHILIK QABULXONALARINING MODDIY-TEXNIK TAMINOTINI TAMINLASH, MARKAZLASHGAN INTERNET QABULXONANI TASHKIL ETISH VA ELEKTRON MUROJAATLAR QABUL QILISHGA OTISH, NAMUNALI JAMOATCHILIK QABULXONALARI ISH TAJRIBASINI OMMALASHTIRISH, MAHALLIY KENGASHLARDAGI OZXDP DEPUTATLIK GURUHLARI AZOLARINING OZ SAYLOV OKRUGLARIDAGI JAMOATCHILIK QABULXONALARI BILAN ALOQASINI MUNTAZAM YOLGA QOYISH MASALALARIGA ALOHIDA ETIBOR QARATILDI.

Murojaatlarni tahlil qilib borish, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda hududiy bandlik dasturlariga ozgartish kiritish ehtiyojini aniqlash, elektoratni oylantirayotgan muammolarni organish, shu asosda qonunchilikni yanada takomillashtirish choralarini korish boyicha takliflar aytildi.

Chunki Jamoatchilik qabulxonalariga tushgan murojaatlarning muntazam tahlil qilinishi orqali amaldagi qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish, fraksiyaning qonun ijodkorligi tashabbuskorligini oshirish imkonini kengaytirishi shubhasiz.

Bir soz bilan aytganda, Jamoatchilik qabulxonalari partiya tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlar va elektorat ortasida tom manodagi koprikka aylanishi odamlarning partiyaga ishonchini oshiradi, elektorat manfaatini samarali himoya etishga xizmat qiladi.

Mahmud TOIROV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: