O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.05.2013

MUDDATI OTMAGANMI, MEYORIDA SAQLANGANMI?

Hammamiz iste’molchimiz. Kunda yoki kunora zarur mahsulotlarni xarid qilamiz. Lekin doimo ham ularning sifatiga va yaroqlilik muddatiga etibor beravermaymiz. Buning oqibatida ham pulimizga kuyamiz, ham muammoga duch kelamiz.

Mamlakatimizda zamonaviy do‘konlar, minimarket, super marketlar tobora kopayib bormoqda. Peshtaxtalardagi xilma-xil sifatli mahsulotlarni korib koz quvonadi. Biroq ayrim dokonlarda savdo madaniyati, xaridor oldidagi masuliyatga yetarli etibor bermaslik hollari uchramoqda.

Navoiy shahrida yashovchi Aymisey Tursunova dokondan margarin sotib oldi. Uyiga kelib, uni eritish uchun tovada gaz plitasiga qoydi. Ozgina vaqtdan song chirsillagan ovoz chiqa boshladi. Oshxonani noxush hid bosib ketdi. Uy bekasi darhol gazni ochirdi. Tovadagi bir kilogramm margarindan atigi bir piyola qolibdi. Tamini tatib kordi, nordonligidan kongli behuzur boldi.

Shundan song xaridor Navoiy shahar Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Uning arizasi boyicha organish olib borildi. Natijada sifatsiz margarin mahsuloti savdodan olib tashlandi. Xaridor puli qaytarildi.

Fargona viloyati Quva tumanida yashovchi Bahromjon Mirzahakimov tuman markazida joylashgan tadbirkor Q.Usmonovga qarashli savdo dokoniga kirib, un xarid qildi. Uyga keltirilgan undan ozgina xamir qorilganda un qovushmaganligi sababli xamirdan hatto zuvala ham yasab bolmadi. Tami tatib korilganda nordon ekan. Tadbirkorga borib, holatni malum qilganda, u eshitishni ham istamadi.

Shundan song Bahromjon Quva tuman Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat mutaxassislari ushbu holat boyicha organishlar olib borishganda ham xaridorning haqligi aniqlandi. Un uchun tolangan pul egasiga qaytarildi.

Sergeli tuman Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanda yashovchi N. ismli ayoldan quyidagi mazmunda ariza kelib tushdi: «Biz Makiz» firmasi tomonidan taqdim etilgan Krakovskaya kolbasasini istemol qilgandik. Kolbasani Vkusne produkt dokonidan sotib olgandim. Ushbu mahsulot yaxshi tayyorlanmaganmi yoki meyorida saqlanmaganmi, sababi nimada bilmayman, sifati buzilgan ekan. Buning oqibatida men va ikki nevaram zaharlanib qoldik. Kasallik avval uch yoshli nevaramdan boshlandi. U tuni bilan qayt qilib, isitmasi kotarilib ketdi. Darhol oilaviy shifokorni chaqirib, muolajani boshladik. Ammo ahvoli ogirlashib qolganidan song tez tibbiy yordamni chaqirib, shifoxonaga yotqizdik. Katta nevaram esa shifokor nazorati ostida uyda ukol oldi....

Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan xaridorga kolbasaga tolagan puli qaytarildi va dokon hisobidan muolaja uchun moddiy yordam korsatildi.

Yuqoridagi misollar ayrim tadbirkorlarning faqat foyda kozlab, insofni unutishayotganini korsatadi. Shu bilan birga mahsulotlarni saqlash, sotish qoidalarini yaxshi bilmaydiganlar ham bor. Istemolchilar orasida esa oz haq-huquqlari nimalardan iboratligini oylab ham kormaydiganlar uchrab turadi. Aytaylik, dokonga kirdingiz. Birinchi navbatda ishni nimadan boshlaysiz, nimalarga etibor qaratasiz? Sotib oladigan mahsulotingizning nimalari bilan qiziqasiz?

— Oziq-ovqat dokoniga kiraverishdagi peshlavhada uchta malumot bolishi kerak: korxona nomi, yuridik manzili va ish vaqti, deydi Ozbekiston Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huquqiy himoya bolimi bosh mutaxassisi Sulton Payziev. Oziq-ovqat mahsulotlarining tovar yorliqlarida quyidagi malumotlar bolishi shart: oziq-ovqat mahsulotlariga kiradigan ingredintlarning nomlari, oziqlik qiymati, ogirligi va metrik birlikdagi hajmi togrisidagi malumotlar. Shuningdek, mahsulot tayyorlash usullari va shartlari (konsentratlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun) hamda qollanishi (bolalar, davolash profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun) korsatilgan bolishi darkor. Muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotlarni tayyorlovchi korxonalarda sertifikatlashtirilganligi togrisidagi malumotlar, saqlash shartlari (saqlash sharoitlariga nisbatan majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun), tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ishlab chiqaruvchi togrisidagi malumotlar ham bolishi shart.

Dokondagi mahsulotlarning har biri alohida bolimlarda, dokon xodimlari esa maxsus kiyim bilan taminlangan bolishi lozim. Har bir dokonda nazorat tarozi bolishi va ushbu tarozi meterologiya qiyoslovidan otgan bolishi talab qilinadi. Non mahsuloti maxsus joyda saqlanishi kerak.

Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yogingarchiliklarning togridan-togri tasiriga uchraydigan holatda, shuningdek, tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holatda saqlashga va joylashtirishga yol qoyilmaydi.

Har birimiz sotib olayotgan oziQ-ovQat maHsulotining sifati, yaroQliligi bilan QiziQishimiz kerak. Bu bilan Ozimiz Hamda yaQinlarimizning soGligi HaQida QayGurgan, istemolchi sifatida esa HuQuQlarimizni Himoya Qilgan bOlamiz.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: