O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.05.2013

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA 25-26 MAY KUNLARI ZILZILA SODIR BOLDI

Bu aynan Qaysi Hududlarda yuz berganligi Hamda uning epitsentri, chuQurligi, magnitudasi rIxter shkalasi bO‘yicha Qanchaga teng bOlgani xususida aHoliga kengroQ ma’lumot berish va xabardor Qilish maQsadida muxbirimiz OzR FA G.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining masul xodimlari bilan uchrashdi.

OzR FA G.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining laboratoriya mudiri, akademik Qahhorboy ABDULLABEKOV:

— Barchani birdek qiziqtiradigan savol zilzila qanday sodir boladi? Bunga javoban shunday deyish mumkin. Yer qatlamlarida doimo murakkab kimyoviy, fizikaviy jarayonlar toxtovsiz bolib turadi. Bulardan birinchisi solishtirma ogirliklari ogir jinslarning doimo pastga, yengil jinslarning yuqoriga bolgan harakati. Ikkinchisi radioaktivlik xossasi asosida bir jinslardan ikkinchilarining hosil bolishi yoki jinslarning bir holatdan ikkinchi holatga otishi natijasida energiya ajraladi.

Bunday reaksiyalar sodir bolishiga sabab yerning chuqur qatlamlarida juda katta bosim va issiqlik mavjudligidadir. Bu oz navbatida radioaktivlik xossasiga asosan bir jinslarning ikkinchisiga aylanishiga va issiqlik energiyasi ajralishiga olib keladi. Energiyaning saqlanish qonuniga binoan, u yoqolib ketmaydi. Demak, hosil bolgan energiya sarf bolishi kerak. Hosil bolgan energiya yerning ostida juda katta hajmdagi jinslarni harakatga keltiradi, xuddiki u achigan xamirdek hajmini orttiradi. Oz navbatida bu kuchlar yerning ustki qatlamlarini, yani yer qobigini harakatga keltiradi. Demak, zilzilalarni keltirib chiqaradigan asosiy kuch yerning chuqur qatlamlarida joylashgan. Yer ostida hosil bolgan energiya juda katta qiymatga, kuchga ega. Energiyaning qanchalik kattaligini koz oldimizga keltirish uchun ulkan Tyan-Shan, Pomir, Kavkaz toglarini, yoki Ximolay toglarini tasavvur qilib korsak, bas. Bir soz bilan aytganda, zilzilalarni keltirib chiqaruvchi sabab yerdagi nihoyatda murakkab jarayonlar va harakatlardir. Shuningdek, zilzilalar yerimizdagi harakat va jarayonlarning mahsuli bolib, ular yerning malum qatlamlarida asta-sekin yigilgan qoshimcha kuchlar tasirida sodir boladi.

Xususan, yer shari boyicha asosan 3 ta seysmik kamarga bolinadi. Ushbu kamarda joylashgan hududlar seysmik faol joylar hisoblanadi. Bular: birinchisi Tinch okeani, ikkinchisi Orta yer dengizi Osiyo seysmik kamari, uchinchisi Atlantika okeani suv osti tog tizmasidir. Bizning mamlakatimiz 2-kamarga togri kelganligi bois, seysmik faol hududga kiradi.

Endi kuni kecha bolib otgan ikkita zilzila haqida toxtaladigan bolsam, bu yuz bergan yer qimirlashi kuchli zilzila hisoblanadi. Aslida, yer kurrasida bu kabi holatlar malum yillar davomida juda faollashib, malum yillarda sokin boladi. Misol uchun Orta yer dengizi Osiyo seysmik kamarida malum bir davrda zilzila koproq bolib, malum davrda sokinlik bolgan. Buni 1897 yildan 1917 yilgacha seysmik faol bolgan bolsa, 1917-1934 yilgacha sokin. 1934-1952 yilda yana seysmik faol bolgan, 1952-1970 yilda esa sokin. 1970-1989 yilda yana seysmik faol bolgan bolsa, 1989-1998 yilda sokin. 1998-2016 va 2018 yilda yana seysmik faollashuvi kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Shu boisdan ham qoshni davlatlar va mamlakatimizda tez-tez zilzilalar sodir bolmoqda. Eng oxirgi kuchli zilzila Xitoyning Sichuan viloyatida magnitudasi 9 ga teng bolgan. Va koplab vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan. Xuddi shunga oxshash zilzila Sumatra orolida ham bolgandi. Ochiqroq aytganda, 2018 yilgacha yana hududimizda kuchli 2-3 marta zilzila bolish ehtimoli bor.

Seysmologiya instituti geodinamika laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Mohira USMONOVA:

25 may tungi soat 03:18 da rextir shkalasi boyicha, magnitudasi 5 ga teng zilzila bolib otdi. Aslida osha hududda 24 may kechqurun soat 22:20 da magnitudasi 3 ga teng bolgan kuchsiz zilzila bolib otgandi. Lekin bu kopchilik aholiga unchalik sezilmagan. Ushbu 25 maydagi zilzilaning epitsentri poytaxtimizdan janubiy-garbiy yonalishi boyicha 35-40 kilometr masofa uzoqligida, yani Toshkent viloyatining Piskent, Toytepa va Boka shahri oraligida 6-7 ballga teng bolgan va uning ochogini chuqurligi 10-15 kilometrdir. Shuningdek, zilzilaning tasir kuchi Toshkent shahrida 5 ballga, Samarqand shahrida 2 ballga teng bolgan. Bu zilzila shu hududda boladigan tektonik jarayonning natijasidir. Yer qimirlashi oqibatida jiddiy talafotlar bolmadi va aholi orasida olim qayd etilmadi. Hattoki biron kishi jarohatlanib shifoxonaga ham kelmagan. Faqatgina guvala loydan qurilgan eski uylarga zarar yetgan.

Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Turdiali ORTIQOV:

26 may kunduzgi soat 11:08 da rixter shkalasi boyicha, magnitudasi 6,2 ga teng bolgan zilzila sodir boldi. Buning epitsentri Jizzax shahrining shimoli-garbidan 56 kilometr uzoqlikdagi Samarqand viloyati Bulungur tumanining togli qismi hisoblanib, 6-7 ballga teng bolgan yer qimirlagan. Chuqurligi 18-20 kilometrdir. Bu zilzila natijada respublikamizning boshqa viloyat va shaharlari Jizzax va Samarqandda 5 ball, Navoiyda 4-5 ball, Olmaliqda 3-4 ball, Andijonda 2 ballga teng tebranishlar bolgan va bunda ham aholi orasidan jarohatlanganlar bolmagan. Shifoxonaga hech kim murojaat etmagan. Bazi eskirgan binolarga zarar yetgan, xolos. Yana aholiga shuni malum qilishimiz mumkinki, yangi seysmik rayonlashtirish xaritalari yaratilgan. Bu xaritalar asosida bunyod etilgan inshootlar har qanday zilzilaga bardosh bera oladi. Shu bilan birga, aholining tola xavfsizligini taminlay oladi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV yozib oldi.

PISKENT, BOKA:

uy-joylar ham, odamlar ham talafot kormagan

25 may kuni tong otarga yaqin, aniqrogi soat tungi 3:18da kuchli yer silkinishi Toshkent shahri va viloyati ahlini oyoqqa turgazdi. Odamlar darhol oz yaqinlariga qongiroq qilib, hol-ahvol soray boshladi.

Tong otar-otmas internet saytlarida dastlabki malumotlar paydo boldi: 25 may soat tunggi 3:18 da Toshkent shahri va mamlakatimizning boshqa hududlarida zilzila kuzatildi. Aytish lozimki, ushbu yer silkinishi uzoq vaqt davom etib turgani bilan yodda qoldi...

Zilzila 40.835 daraja shimoliy uzunlik, 69.173 daraja sharqiy kenglikda, Toshkent shahridan 41 km janubiy garbda, Toshkent viloyatida sodir boldi. 5 magnitudali zilzilaning kuchi 5,5-6 ballni tashkil etdi. Gorizontal tebranish bilan kuzatilgan yer silkinishining markazi 15,8 km chuqurlikda qayd etildi.

Zilzila markaziga yaqin joylashgan shaharlar:

9 km Boka, 14 km Piskent, 27 km Toytepa, 25 km Zafar, 41 km Toshkent.

Toshkent shahrida zilzila kuchi 4-5 ball, Olmaliqda 3 ball, Samarqandda 2 ballni tashkil etdi.

Bu orada turli-tuman mish-mishlar ham tarqaldi. Kimdir taxmin qilib, kimdir esa ataylab, noorin, asossiz gaplarni kopaytirdi. Piskentliklar, bokaliklar katta ziyon kormadimi, ishqilib, odamlarga ziyon yetmadimikin?... Kopchilikni shu kabi savollar bezovta qilardi.

Otgan shanba tushdan keyin va yakshanba kun boyi muxbirimiz Piskent, Boka tumanlarida bolib, ahvol bilan tanishdi. Odamlarning kayfiyati bilan qiziqdi.

Toshkentdan chiqib, Piskent Boka yonalishi boylab ketarkansiz, asfalt yolning ikki chetidagi odatiy manzaraga kozingiz tushadi: paxtazor, odamlar goza niholini chopiq qilmoqda, ahyon-ahyon kultivatsiya qilayotgan traktor kozga tashlanadi. Ora-orada sargish tusga kira boshlagan bugdoyzor, kom-kok bedazor, bog-roglar... Yol-yolakay qishloqlarda toxtab, duch kelgan odam bilan suhbatlashamiz, hovlilarga kirib, uylar devorlarini kozdan kechiramiz. Piskent tumanidagi Mingtepa qishloq fuqarolar yigini hududida 40-orta maktab oqituvchilari Muqaddam Samatova, Shohida Farmonova, Rahima Qambarova va boshqalar bilan uchrashdik. Ularning aytishicha, bir-ikki joyda hovli chetidagi eski devor qulab tushgan, ayrim uylarning shiftidagi suvoq qismi yorilgan. Boshqa hech qanday ziyon yetmagan.

Darhaqiqat, bunga ozimiz ham guvoh boldik.

Boka tumani hokimligi yetakchi mutaxassisi Sohibjon Oripov hokimlik binosi yonginasidagi uyda yashar ekan.

Albatta, chochib uygonib ketdik, deydi u. Oradan kop otmay rahbarlar, faollar, mahalla oqsoqollari hokimlikda toplandi. Hammaga mahalla va qishloqlarni organib chiqish topshirildi. Kechga yaqin yana toplanib, muhokama qilindi. Birorta uy jiddiy zarar kormagani malum boldi. Faqat ayrim uylarning devorlari suvoq qatlamiga darz ketgan. Bazi joylarda shiftdan bir-ikki parcha suvoq qismi kochib tushgan.

Mahalla xayriya jamoat fondi tuman bolimi mutaxassisi Umida Egamqulova ham ana shu fikrlarni tasdiqladi.

Biz ayrim mahallalarga kirib, birorta ham uyga jiddiy ziyon yetmaganiga iqror boldik. Navroz mahallasidagi namunaviy loyiha asosida qurilgan uylarni kozdan kechirdik.

Xonadonlarimizga jiddiy ziyon yetgani yoq, deydi Navroz kochasida yashovchilardan biri Dilshod Hamroqulov. Bazi uylar shiftidan bir-ikki qarich suvoq qatlami kochib tushdi, xolos. Yer esa qattiq qimirladi...

Haqiqiy holat shundan iboratki, Piskent va Boka tomonlarda zilziladan birorta uy-joy, odamlar jiddiy shikast kormagan. Hayot bir maromda davom etmoqda.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: