O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
29.11.2011

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26 noyabr kuni Oqsaroyda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chenni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv xalqaro hamjamiyatning, birinchi galda, JSSTning mamlakatimiz sogliqni saqlash sohasidagi tub ozgarishlarga ulkan qiziqishidan dalolat ekanini ta’kidladi.

Ozbekistonda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarga muhim ahamiyat beriladi. Ozbekiston bilan JSST ortasidagi hamkorlikning birgalikda belgilanadigan strategik yonalishlari ikki yillik bitimlarda oz ifodasini topadi. 2012-2013 yillarga moljallangan navbatdagi hujjat joriy yil sentabr oyida imzolandi.

Takidlash joizki, Ozbekiston Respublikasi shu yil may oyida 2011-2014 yillar uchun JSST Ijroiya qomitasi tarkibiga saylandi.

Songgi on yil davomida Ozbekistonda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda qariyb yetmish loyiha amalga oshirildi. Jumladan, JSST Orolboyida bola yoshidagi kasalliklarning integratsiyalashgan boshqaruvi va toza ichimlik suvi taminotini yaxshilash loyihasini hayotga tatbiq etishga, dastlabki tibbiy-sanitariya yordami xizmatini mustahkamlashga komaklashmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro tashkilotning Ozbekistondagi vakolatxonasi xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy qilishda ishtirok etmoqda, aholining salomatlikni muhofaza qilish togrisidagi xabardorligini oshirish borasida davlat tomonidan olib borilayotgan say-harakatlarni qollab-quvvatlamoqda. Uning komagi bilan mamlakatimizda qator yuqumli kasalliklarni, jumladan, poliomiyelitni tola bartaraf etishga erishildi.

JSST, OTB, YEI va YUNISEF ishtirokida Ozbekistonning barcha mintaqalarida oquv markazlari tashkil etilib, ularda onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi 25 mingdan ziyod tibbiyot mutaxassisi talim oldi. Shuningdek, JSST yordami bilan har yili Ozbekiston sogliqni saqlash tizimining yuzga yaqin mutaxassisi jahonning yetakchi mamlakatlarida malaka oshirmoqda va tajriba almashmoqda.

Oqsaroydagi uchrashuvda Toshkentda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeliga bagishlab tashkil qilingan yirik xalqaro simpoziumda ilm-fanning nufuzli namoyandalari, ushbu sohadagi yetakchi xalqaro tashkilotlar vakillari, onlab mamlakatlar sogliqni saqlash vazirliklarining mutasaddilari qatnashgani Ozbekistonning sogliqni saqlash tizimini isloh qilishdagi muvaffaqiyatlari jahonda keng etirof etilishidan yana bir dalolat ekani takidlandi.

Margaret Chen yuksak mukofot – “Soglom avlod uchun” ordeni va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, JSST 1991 yildan buyon Ozbekistonda onalik va bolalik masalalarida yuksak darajadagi siyosiy masuliyatning guvohi bolib kelayotganini qayd etdi. Ozbekistonda amalga oshirilayotgan Soglom ona soglom bola dasturi onalar va bolalarga gamxorlikning barcha zarur jihatlarini dastlabki tibbiy yordam va statsionar davolashni, muntazam profilaktik korik va shoshilinch tibbiy yordamni, immunizatsiya orqali profilaktika qilishni, skrining vositasi bilan oldindan tashxis qoyishni oz ichiga olgan.

Uchrashuvda Ozbekiston bilan Jahon sogliqni saqlash tashkiloti ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

---------------------------------------------------------------------

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu kuni Oqsaroyda A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriyani qabul qildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu kuni Oqsaroyda A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Leo Bokeriya Ozbekistonda, ayniqsa, uning noyob iqtidori va tajribasi tufayli qaytadan hayot nashidasini surayotganlar orasida hamisha ardoqlanib kelayotgan insonlardan biri ekanini takidladi.

Takidlash joizki, Leo Bokeriya nafaqat zamonaviy tibbiyotning yetuk namoyandasi ekanligi, balki Ozbekiston va Rossiya tibbiyot muassasalarining hamkorligiga ulkan hissa qoshib kelayotgani bilan ham mashhurdir. U rahbarlik qilayotgan ilmiy markazda 1994 yildan buyon Ozbekistonning yuzga yaqin mutaxassisi talim oldi va malaka oshirdi.

Leo Bokeriya 2004 yilda xayrli maqsad bilan Ozbekistonga kelib, V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida tugma yurak xastaligiga chalingan bolalarni ota murakkab jarrohlik operatsiyasidan otkazdi. Oshanda Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi bilan A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi ortasida hamkorlik togrisidagi bitim imzolandi. Bu hujjat hamkorlikda ilmiy anjumanlar, jarrohlik operatsiyalari otkazishni, kadrlar malakasini oshirishni nazarda tutadi. Otgan vaqt davomida Ozbekiston tibbiy muassasalari bilan L.Bokeriya rahbarlik qilayotgan ilmiy markaz ortasidagi aloqalar yanada faollashdi. Jumladan, koplab ozbekistonlik mutaxassislar ushbu markazdagi hamkasblari bilan yaqin hamkorlikda nomzodlik va doktorlik tadqiqotlarini olib bordi.

Oqsaroydagi uchrashuvda Leo Bokeriya samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Ozbekiston mustaqillik yillarida sogliqni saqlash tizimida, xususan, yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash borasida katta yutuqlarni qolga kiritganini takidladi. Toshkentda dunyoga mashhur olimlar, qariyb qirq mamlakat hamda turli xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida otkazilgan nufuzli simpozium Ozbekiston tibbiyot sohasida, avvalo, ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida erishgan muvaffaqiyatlarning keng etirofi bolganini qayd etdi.

Suhbat chogida Ozbekiston va Rossiyaning kardiojarrohlik sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislari ortasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bogliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: