O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
29.11.2011

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ozbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: Soglom ona soglom bola mavzuidagi xalqaro simpozium ochilishidagi nutqi

Muhtarama Bosh direktor xonim,

Hurmatli simpozium ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, aziz mehmonlarimizni, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF, Taraqqiyot dasturi va Aholishunoslik jamgarmasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarini, dunyoning koplab mamlakatlari sogliqni saqlash sohasi rahbarlari, bugungi simpoziumning barcha ishtirokchilarini qutlash va ozimning chuqur ehtiromimni izhor etish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Yaqinda bunyod etilgan, milliy va zamonaviy arxitektura hamda shaharsozlikning eng yaxshi namunalarini ozida mujassam etgan, bugun xalqaro anjuman otayotgan ushbu noyob kompleks ikki qismdan – Milliy kutubxona va Simpoziumlar saroyidan iborat. Mazkur muhtasham saroyda biz qabul qilayotgan ilk mehmonlar siz, eng insonparvar va olijanob soha onalik va bolalikni muhofaza qilishga bagishlangan ushbu xalqaro forum ishtirokchilari ekaningizning ozi kop jihatdan ramziy va tarixiy ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Margaret Chen xonim, barcha mehmonlarimizga ushbu Forumda ishtirok etish haqidagi taklifimizni qabul qilganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlarning atoqli xorijiy olimlar va tibbiyot olamining yuksak obro-e’tiborga ega mutaxassislari ishtirokida Ozbekistonda aholi salomatligini himoya qilish, soglom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash boyicha amalga oshirilayotgan umummilliy dasturning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan onalik va bolalikni muhofaza qilish modelining muhokama etilishi biz uchun katta sharafdir.

Mamlakatimizda umumetirof etilgan shior «Soglom ona soglom bola» tamoyili, oz mohiyatiga kora, aholini jipslashtiruvchi va safarbar etuvchi davat bolib, davlat va jamiyat darajasiga kotarilgan ustuvor vazifaga aylandi.

Biz bu muhim vazifaning ijrosiga kirishar ekanmiz, odamlar salomatligini muhofaza qilishning butun tizimini chuqur isloh etish va modernizatsiya qilish asosidagina oldimizga qoygan maqsadga erishish mumkinligini teran anglab yetganimizni takidlab otmoqchiman.

Mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sogliqni saqlash tizimini barpo etishni davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratildi, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz bor.

Birinchidan, eng yuqori talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan viloyat shifoxonalari va ularning shahar hamda tumanlardagi bolimlari, tez tibbiy yordam xizmatlaridan iborat aholiga bepul, yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam korsatish boyicha mutlaqo yangi va noyob yagona tizim shakllantirildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mazkur tibbiyot muassasalariga rahbarlik qilmoqda va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Ikkinchidan, mamlakatimizda tashkil etilgan 3200 dan ziyod qishloq vrachlik punktlari odamlar salomatligini muhofaza qilish tizimini isloh etish va uning quyi boginini kuchaytirishda goyat muhim rol oynamoqda. Shunga etiboringizni qaratishni istardimki, bu yerda gap boshqa mamlakatlarda mavjud bolgan feldsherlik-akusherlik punktlari haqida emas, balki zamonaviy tibbiyot texnikasi bilan jihozlangan va umumiy amaliyot shifokorlari birinchi tibbiy yordam korsatayotgan punktlar haqida bormoqda.

Uchinchidan, tuman va viloyat darajasidagi sogliqni saqlash muassasalari tarmogi optimallashtirildi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan yaxshi jihozlangan va malakali kadrlar bilan taminlangan ixcham tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat kop tarmoqli shifoxonalari hamda poliklinikalari tashkil etildi.

Tortinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda etirof etilgan ilmiy maktablar negizida 10 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlar tashkil etilib, ular kardiologiya va kardiojarrohlik, akusherlik va ginekologiya, urologiya, oftalmologiya, pulmanologiya va ftiziatriya, endokrinologiya kabi yonalishlarda faoliyat korsatmoqda. Ushbu markazlarda yuqori malakali, yuksak darajadagi kasb tayyorgarligiga ega kadrlar zamonaviy asbob-uskunalar yordamida yuqori texnologik tibbiy xizmatlar korsatmoqda.

Otgan yillar mobaynida bizning barcha say-harakatlarimiz, avvalo, uzoq muddatli samarali maqsadga, yani millat genofondini saqlash va yaxshilash, aholining umr korish davomiyligini va turmush darajasini oshirish, soglom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratishga qaratildi. Tabiiyki, buning uchun ulkan vazifalarni, jumladan, odamlar psixologiyasi va ongini ozgartirishga doir ishlarni amalga oshirishga togri keldi.

Xususan, soglom oilani shakllantirish va irsiy kasalliklarga chalinish mumkin bolgan holatlarni kamaytirish maqsadida mamlakatimizda turmush qurayotgan shaxslarni nikohdan oldin majburiy tibbiy korikdan otkazish tizimi joriy etildi.

Ushbu masalaga kengroq qaraydigan bolsak, shuni alohida takidlashni istardimki, jamiyatda, ayniqsa yoshlar ortasida manaviy muhit va odob-axloq, oilani mustahkamlash, oila rishtalari barqarorligini taminlashga mamlakatimizda har doim katta etibor qaratilgan va bugungi kunda ham bu anana yuksak qadrlanadi. Oylaymanki, soglom oila, oiladagi soglom muhit soglom bola tugilishida qanday ulkan ahamiyatga ega ekanini isbotlab otirishga hojat yoq.

Bugun Ozbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ona va bola perinatal hamda skrining markazlari faoliyat korsatmoqda. Qishloq joylardagi barcha homilador ayollar davlat budjeti mablaglari hisobidan soglom naslni shakllantirish uchun zarur polivitaminlar bilan taminlanmoqda.

Maxsus davlat dasturi doirasida zamonaviy ona va bola skrining markazlari tarmogining tashkil etilganiga alohida etibor qaratishingizni istardim. Ular ishga tushgan 2000 yildan buyon mamlakatimizda irsiy va tugma nuqsonli bolalar tugilishi 1,7 barobardan ziyod kamaydi.

Mamlakatimizda ikki yoshgacha bolgan barcha bolalar bepul emlanmoqda, bu, oz navbatida difteriya, qoqshol, poliomiyelit kabi kasalliklarga butunlay barham berish imkoniyatini yaratdi. 14 yoshgacha bolgan bolalarning deyarli 100 foizi yiliga ikki marta, tugish yoshidagi ayollar esa har yili chuqur tibbiy korikdan otkazilmoqda.

Mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida otgan 20 yil davomida onalar va godaklar olimi uch barobardan koproq kamaydi. Ozbekiston joriy yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida osib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng kop gamxorlik korsatilayotgan davlatlar orasida 9-orinni egalladi.

Yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalasi sogliqni saqlash sohasini isloh etishda muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasi qatorida Samarqand, Andijon, Buxoro, Urganch va Nukus kabi shaharlarda tibbiyot oliy oquv yurtlari faoliyat korsatmoqda.

Oliy malumotli tibbiyot hamshiralarini tayyorlashni tashkil etishning prinsipial jihatdan yangi tizimi shakllantirildi.

Mamlakatimiz tibbiyot institutlari Sharite (Germaniya), Garvard (AQSH), Manchester (Buyuk Britaniya), Vena (Avstriya) universitetlari klinikalari kabi yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari, Rossiya va Ukrainaning mashhur markazlari, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda boshqa davlatlardagi yirik gospitallar bilan yaqin hamkorlikda ishlayotganini alohida takidlamoqchiman.

Mana shu yuksak minbardan ushbu zalda yigilgan Forum qatnashchilari nomidan ularga samimiy minnatdorlik izhor etish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Mamlakatimizda odamlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan ulkan etibor, avvalambor, bu sohani rivojlantirishga yonaltirilayotgan investitsiyalar va mablaglarda ozining aniq isbotini topmoqda.

Mamlakatimiz davlat budjetida sogliqni saqlash sohasiga sarflanayotgan xarajatlar ulushi 15,7 foizni, yalpi mahsulotga nisbatan esa 4,1 foizni tashkil etadi.

Sogliqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy asbob-uskunalar va tibbiy texnika bilan qayta jihozlashga otgan davrda 700 million dollardan ziyod imtiyozli kreditlar, donorlarning grant mablaglari jalb etildi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, keyingi uch yilda sogliqni saqlash sohasini moliyalash hajmi 2,5 barobar kopaydi.

Bepul va pullik tibbiy xizmat korsatish masalalariga qisqacha toxtalib otmoqchiman.

Ozbekistonda aholi uchun barcha birinchi tibbiy yordam bepul hisoblanadi. Shoshilinch tibbiy va pediatriya yordami, tugruq va homilador ayollarga tibbiy yordam, shuningdek, onkologik, yuqumli hamda boshqa qator ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni davolash xizmatlari ham shu asosda amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, zamonaviy va sifatli tibbiy yordam qimmatbaho, buning ustiga, muntazam yangilashni talab qiladigan asbob-uskunalarga, shuningdek, qimmat dori vositalari hamda preparatlarga asoslanishini hammamiz juda yaxshi tushunamiz. Bu esa bepul va pullik davolash ishlarini oqilona uygunlashtirgan holda olib borishni taqozo etadi.

Biz tanlagan sogliqni saqlash modeli qanchalik togri va samaradorligini hayotning ozi tasdiqlab turibdi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Bu haqda kop gapirmasdan, birgina misol keltirmoqchiman. 1991 yildan buyon otgan davrda yurtimizda odamlarning ortacha umr korishini 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr korishini esa 75 yoshga uzaytirishga erishdik.

Bizning tajribamiz sogliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doimiy va uzluksiz jarayon ekanidan dalolat beradi. Tibbiyot ham ilm-fan, ham amaliyot sifatida muntazam takomillashib bormoqda va bu bizning milliy sogliqni saqlash modelimizda oz ifodasini topmoqda.

Shu kunlarda biz islohotlarning yangi bosqichi bilan bogliq vazifalarni amalga oshirishga kirishdik. Bu borada sogliqni saqlash muassasalari tarmogini optimallashtirishni nihoyasiga yetkazish va ularni eng zamonaviy apparatura bilan bosqichma-bosqich qayta jihozlash kozda tutilmoqda. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining moddiy-texnik, ilmiy va amaliy bazasi yanada yaxshilanadi, ularda aksiyadorlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi, ushbu muassasalarda ishlayotgan tibbiyot xodimlarini ragbatlantirish, yakuniy natijalar uchun ularning masuliyatini oshirish mexanizmlari joriy etiladi.

Bu maqsadlar uchun turli manbalar hisobidan yaqin yillarda 1,5 milliard AQSH dollariga teng mablaglar yonaltiriladi va biz masalaga nafaqat aholi farovonligi va salomatligini mustahkamlashning muhim omili, balki iqtisodiyotimizni yuksaltirish va jamiyatimiz barqaror taraqqiyotining muhim korsatkichlaridan biri sifatida qaramoqdamiz.

Hurmatli simpozium ishtirokchilari!

Bugungi xalqaro forum natijalari pirovardida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qilishiga ishonaman. Zero, har bir odam uchun uzoq va soglom umr korish baxtli hayot kechirishning asosiy korsatkichi hisoblanadi.

Sozimning yakunida shuni takidlamoqchimanki, sogliqni saqlash sohasida erishgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan barcha yutuqlarimiz asosida, avvalo, ming-minglab tibbiyot xodimlari shifokorlar, hamshiralar, olimlar va mutaxassislar, ozining tinimsiz va fidokorona mehnati bilan insonga shifo berish, uning dardiga malham bolishni muqaddas burch deb biladigan barcha olijanob kasb egalarining bilimi, tajribasi va mahorati mujassamdir.

Deydilarki, bu dunyoda Yaratganimiz tomonidan ato etilgan ikkita kasb bor: birinchisi oqituvchilik, ikkinchisi shifokorlikdir. Ozining olijanob kasbiga sodiq shifokor har kuni eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon etib, barchamizga oliy insonparvarlik maqsadlariga xolis xizmat qilishning yorqin namunasini korsatadi.

Ushbu yuksak minbardan turib, siz va sizlarning timsolingizda mazkur olijanob kasb egalariga chin qalbdan ozimning samimiy minnatdorligimni bildiraman. Sizlarga sihat-salomatlik, ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman. Yana bir bor mehmondost ozbek zaminiga xush kelibsiz.

Etiboringiz uchun tashakkur!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: