O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.05.2013

HUQUQIY EKSPERIMENT: OCHIQLIK TAMOYILI

fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida axborot olish to‘grisidagi konstitutsiyaviy huquqlari toliq ta’minlanishiga xizmat qiladi

Samarqand shahridan kelgan otaxon va onaxon Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ozlari saylagan deputatga murojaat etishdi. Ularni shahar chetidagi oz uylari joylashgan kichik kocha qachon qayta tamirlanishi haqidagi masala oylantirayotgan ekan.

Bu murojaat bir qarashda arzimasdek tuyulishi mumkin. Ammo uning ortida yechimini kutayotgan masala bor. Deputatlik faoliyatimiz davomida bunday savollarga, malumot olish bilan bogliq murojaatlarga tez-tez duch kelamiz. Ular asosan hududlarda olib borilayotgan, rejalashtirilgan qurilish-obodonlashtirish ishlari, korxona-tashkilotlarda mavjud bosh ish orinlari, tijorat banklari faoliyati va boshqa shunga oxshash masalalar haqida boladi. Vaholanki, bunday savollarga poytaxtga kelib yurmasdan, joyining ozida javob

olish mumkin.

Shu oddiy misoldan korinib turibdiki, fuqarolarning axborot olish imkoniyatini kengaytirish va mustahkam kafolatlash hayotiy zaruratdir. Buxoro va Samarqand viloyatlari davlat hokimiyati organlari negizida eksperiment sifatida huquqiy tajribadan otkazilayotgan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisida»gi qonun loyihasi qabul qilinishi dolzarb hayotiy ahamiyatga ega.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqidagi malumotlar qamrovi nihoyatda keng. Ulardan aholining xabardorlik darajasi oshishi jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy faollik yuksalishiga xizmat qiladi. Shunday mexanizm ishlashi kerakki, fuqarolarning yangiliklardan oz vaqtida xabardor bolish imkoniyati keng bolsin hamda bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga salbiy tasir etmasin.

Bugun hayotning ozi jamiyatni yangilash, isloh qilish va demokratlashtirishning yangi jarayonlarini talab etmoqda. Malumki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida axborot sohasini jadal va erkin rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy hamda moddiy-texnik asos shakllantirildi. Axborot sohasini demokratiya tamoyillari asosida rivojlantirish jarayoni izchil davom etmoqda.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi qonun loyihasi fuqarolarning aynan axborot sohasidagi konstitutsiyaviy erkinliklari va huquqlarini taminlash, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi jamoatchilikni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati togrisida xabardor qilish tamoyillari hamda jarayonlarini aniq belgilash imkonini beradi. Aholiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini hisobga olgan holda malumotlardan foydalanishga yetarli sharoit yaratilishini taminlaydi.

AXBOROT OSHKORALIGINI TAMINLASH DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI UCHUN HAM SAMARALI FAOLIYAT YURITISHNING OZIGA XOS YOLIGA AYLANADI. ZERO, HAR QANDAY QONUN HUJJATINING KUCHI AYNAN XALQQA, ISLOHOTLAR RIVOJIGA XIZMAT QILISHIDADIR.

Davlatimiz rahbari Farmoyishiga kora, qonun loyihasining amaliy sinovi yil oxiriga qadar Samarqand va Buxoro viloyatlari davlat hokimiyati organlari negizida otkaziladi. Takidlash kerakki, bu jamiyatimizda demokratiyani yanada rivojlantirishda oziga xos yangi va noyob huquqiy tajriba bolmoqda. Huquqiy eksperiment otkazish qonun ijodkorligi faoliyatining muhim va zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi. Mazkur tajriba mamlakatimizda ilk bor otkazilayotganini ham alohida etiborga olish zarur.

Qonun loyihasi viloyat, tuman hamda shaharlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining real faoliyati sharoitida sinovdan otkazilayapti. Unda davlat tuzilmalaridan tashqari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida axborot olishdan manfaatdor bolgan fuqarolik jamiyati institutlari, OAV, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etmoqda.

Eksperiment davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taminlashga qaratilgan qonun loyihasi meyorlari samaradorligini belgilash, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborotdan erkin foydalanish imkoniyatini royobga chiqarishga xizmat qiladi. Huquqiy tajriba natijalari boyicha ishlab chiqilgan takliflar qonun loyihasini yanada takomillashtirish imkonini beradi.

Hozirda huquqiy eksperimentning asosiy bosqichi amalga oshirilmoqda. Samarqand va Buxoro viloyatlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oz faoliyati togrisidagi axborotlarni foydalanuvchilar uchun qulay shaklda taqdim etmoqda. Eksperiment yakunlariga asosan, qonun loyihasi meyorlarini ularning ijro etilishi samaradorligini taminlash nuqtai nazaridan takomillashtirish muhim masaladir. Huquqiy eksperiment, shu manoda, parlament quyi palatasi deputatlari, mutaxassislar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Qonun loyihasi takomillashuvi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ezgu maqsad royobiga xizmat qilishi zarur.

Yani, bu jarayonda fuqarolar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar haqida, qonunlar, muayyan davlat va hududiy dasturlar joylarda qanday amalga oshirilayotgani boyicha ishonchli, toliq malumotlar olishini kafolatlash, axborotdan foydalanishni erkinlashtirish asosiy etiborda bolishi kerak.

QONUN LOYIHASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATI USTIDAN TASIRCHAN JAMOATCHILIK NAZORATINI OLIB BORISHDA HAM MUHIM ORIN TUTADI. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI BILAN BOGLIQ FAOLIYATNING FUQAROLARIMIZ UCHUN OCHIQ BOLISHI BARCHA DARAJADAGI DAVLAT XIZMATCHILARINING OZ FAOLIYATIGA MASULIYATINI JIDDIY RAVISHDA OSHIRADI. BIR SOZ BILAN AYTGANDA, BIZ QONUN LOYIHASINI HUQUQIY TAJRIBADAN OTKAZISH ORQALI DEMOKRATIK OZGARISHLARNING YANGI DAVRIGA QADAM QOYMOQDAMIZ.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat bilan kelgan samarqandlik hamyurtlarimizga kelsak, otaxon va onaxon shuncha yolni besamar bosishmadi. Ular ozlari istiqomat qilayotgan kochaning qayta tamirlanishi haqida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga doir axborotlar olishni kafolatlashga xizmat qiluvchi qonun loyihasining huquqiy tajribasi togrisida atroflicha malumotga ega bolishdi. Bu tajriba ularga yashash joylari boyicha birinchi manba — mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan eng ishonchli malumotlarni tez fursatda, tosiqsiz, sarsongarchiliksiz olish imkonini beradi.

Zero, asosiy bosqichi jadal tus olayotgan huquqiy eksperiment aynan shunday oddiy odamlar, har bir fuqaroga qulaylik yaratishi, davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonini tom manoda yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli, deb oylayman.

Faxriddin RAJABOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi raisi, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: